Shafoat Rahmatullayeva (1941.4.1, Qoʻqon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Qoʻqon teatrining aktrisasi (196365; 197175; 2000-yildan), 1965— 71 yillar Jizzax, 1975—2000-yillar Sirdaryo teatrlarida aktrisa. R. keng diapazonli aktrisa boʻlib, musiqiy va dramatik hamda komediya, tragediya janrlaridagi spektakllarda ijod qilib keladi: Maysara (Hamza, "Maysaraning ishi"), Narzi (3. Fatxullin, "Vatan ishqi"), Poshsha xola, Zebo (M. Boboyev, "Qaydasan, jon bolam", "Yer tomiri"), Gonorelya (U. Shekspir, "Qirol Lir"), Zuhra (Abdulla Qahhor, "Ogʻriq tishlar"), Jurden xonim (Molyer, "Soxta oqsuyak"), Tosh xola (J. Mahmudov, "Ayollar faryodi"), Maʼmura kampir (Jan Sarron, "Maʼmura kampir") kabi rollari bilan tanildi. 1995-yil Poshsha xola va Maʼmura kampir rollari uchun yilning "Eng yaxshi ayol roli" sovrini bilan taqdirlandi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil