Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui

Shahidlar xotirasi jamoat fondi – Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Boʻzsuv kanali boʻyida (Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab joylashgan). Majmua barpo etilgan joy 20-asr 40-yillariga qadar Toshkent shahrining xilvat chekkasi boʻlgan, 40-yillarda xuddi shu joydagi 3 ta qatlgoxda shoʻrolar tomonidan millatning ilgʻor vakillari, begunoh vatandoshlar qatl qilingan. Qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlab sobiq qatlgoh oʻrnida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan (2000). Maydoni 17 ga dan ortiq muntazam tartibli loyihalangan yamyashil pastibaland hududni Boʻzsuv kanali ikkiga ajratgan, ikki qirgʻoqni kanal ustiga qurilgan koʻprik (uz. 100 m) birlashtiradi. Majmua markazida tik ustunlarga oʻrnatilgan feruza rang qovurgʻali gumbazli ayvon (rotonda, bal. 27 m) metall qurilmalardan ishlanib gozgʻon marmari bilan qoplangan, poygumbazi ganchkori muqarnaslar bilan ziynatlangan; gumbaz ichi ganch oʻymakorligida ishlangan. Gumbaz ostidagi handasiy shakllardan naqshlar hosil qilib bezatilgan marmar polda nefritdan ishlangan ramziy sagʻana atrofga sukunat taratib turadi; sagʻana shahid ketgan vatandoshlarning ramziy qabridir. Shuningdek, 2002-yilda shu hududda qad koʻtargan „Qatagʻon kurbonlari xotirasi“ muzeyi majmuaning tarkibiy qismiga kiradi.[1]

Shahidlar xotirasi majmui

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. "Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui" OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil