Shahlo Nurullayeva
Shahlo Oʻktamovna Nurullayeva (1973-yil 4-noyabr, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.
Shahlo Nurullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
4-noyabr 1973-yil Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Qarshi davlat universiteti |
Taʼlimi | Qarshi davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirShahlo Nurullayeva 1973-yil 14-noyabrda Qarshi shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan[1]. 1990—1994-yillarda Qarshi davlat universitetining pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetida oʻqigan. Mehnat faoliyatini 1994-yilda Qarshi shahridagi 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi vazifasidan boshlagan. 2000-yildan Qarshi davlat universitetining aspiranturasida tahsil olib, 2002—2005-yillarda Boshlangʻich taʼlim kafedrasida assistent-oʻqituvchi, 2005—2009-yillarda katta oʻqituvchi, 2009—2014-yillarda Boshlangʻich taʼlim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2014—2021-yillarda universitetning Pedagogika fakulteti dekani, 2021-yildan boshlangʻich taʼlim kafedrasi dotsenti, 2022-yildan kafedra professori vazifasida ishlab kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2007-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetida T.Gʻafforova rahbarligida taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (oʻzbek tili) ixtisosligi boʻyicha „Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish metodikasi“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilibm pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. 2012-yilda dotsent ilmiy unvoni beriladi. 2021-yilda Qarshi davlat universitetida R.Shodiyev ilmiy maslahatchiligida „Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari pedagogik tayyorgarligini modellashtirish“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini oladi[1]. Shahlo Nurullayeva T.Gʻafforova bilan hammualliflikda tayyorlagan „Oʻqish kitobi“ 2-sinf uchun darsligi respublika umumiy oʻrta taʼlim maktablarida darslik sifatida 2012-yildan 2021-yilga qadar qoʻllanilib kelindi. Shahlo Nurullayev tomonidan 3 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma nashr ettirilgan. 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. 2016-yil „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].