Bosh menuni ochish

Shajara (arab. — daraxt) — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmogʻi — genealogiya fani oʻrganadi. Podsholar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlar nasl-nasabiga qiziqish qadim zamonlardanoq boʻlgan, lekin oʻrta asrlarda Shajara imtiyozli tabaqalarning paydo boʻlishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu, oʻz navbatida, 15-asrdan boshlab Shajara oʻrtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Shu davrlarda urugʻ yoki bir-biriga yaqin bir necha urugʻ aʼzolarining nasl-nasabiga oid bir necha daftarlar tuzila boshlagan. Osiyoda shahriga oid dastlabki yirik asarlar 15—17-asrlarda paydo boʻlgan. Ayniqsa, Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima" asarlari 13—17-asrlardagi moʻgʻul va turk urugʻlari, hukmdorlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Oʻrta Osiyoda nasab daftariga xoʻjalar, saidlar va boshqa ega boʻlib, bu hujjatlar ularning paygʻambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi dalil sifatida, shuningdek, soliq toʻlash, xalq hasharlariga chiqish va boshqa ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bulishi uchun xizmat qilgan. Sh. hujjatlari dastlab shaxening siyosiy mavqeiga koʻra, guvohlar ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va uning muxri bilan tasdiqlangan. Keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarni koʻrib tasdiqlab beraverishgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Shajara" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil