Shamita Shetty — 1979 -yil 2-fevralda — Mumbayda tugʻilgan. Hind moda dizayneri, sobiq aktrisa va model. Uning opasi Bollivud aktrisasi Shilpa Shettydir.

Shamita Shetty
Tavalludi 1979 -yil 2-fevral
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Moda dizayneri, Aktrisa
Faoliyat yillari 2000 — 2011-yil
Qarindoshlari Opasi-Shilpa Shetty
Mukofotlari IIFA Awards

Biografiyasi

tahrir

Shetty Mumbayda tulu tilida soʻzlashuvchi bunt oilasida tugʻilgan. Uning marhum otasi Surendra va onasi Sunanda farmatsevtika sanoatida chidamli suv qopqoqlarini ishlab chiqaruvchilar edi. Anʼanaviy oilada tugʻilgan Shamita Mumbaydagi Sent-Entoni qizlar oʻrta maktabida taʼlim olgan. Sydenham kollejida tijorat boʻyicha oʻz darajasini tugatgandan soʻng, Shetty Mumbaydagi SNDT kollejida moda dizayni boʻyicha taxsil olgan. Shundan soʻng u moda dizayneri Manish Malxotra bilan amaliyot oʻtashni boshladi, lekin Manish unda aktorlik maxoratini koʻradi va aktrisa sohasida oʻzini sinab koʻrishni taklif qiladi.[1]. U 2000-yilda Aditya Chopra rejissorligidagi "Oshiqlar " blokbasterida ilk rolini ijro etgan. Bu roli uchun u " Eng yaxshi debyut " nominatsiyasida Yilning Yulduzli debyuti uchun IIFA mukofotiga sazovor boʻldigan.[2] U „Mening sevgilimning toʻyi“ (2001) filmidagi „Sharara Sharara“ va „Muhabbat anatomiyasi“ (2002) filmidagi „Chori pe chori“ kabi musiqalaridagi ijrosi uni muvaffaqiyatli aktrisaga aylantirdi. 2005-yilda u Emran Hashmi bilan birga „Sevgi zahari“ filmida suratga tushgan. Oʻsha yili u opasi bilan birga „Ehtiroslar olovida“ filmi rol ijro etdi. U Hindistonning Bigg Boss realiti-shousida ham ishtirok etgan.

2011-yil 14-iyunda u interyer dizayni boʻyicha oʻz ishini boshlaganidan keyin kinodan ketishini eʼlon qildi.

2015-yildan beri u Jhalak Dikhhla Jaa 8[3] realiti-shousida ishtirok etib keladi. U finalga chiqdi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Happy birthday Shamita Shetty“ (en). NDTV (2012-yil 2-fevral). 2016-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  2. „IIFA Through the Years – IIFA 2001 : South Africa“ (en). IIFA Awards. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  3. „I Don't Want to Be an Item Number Girl, Says Shamita Shetty“ (en). The New Indian Express (2015-yil 9-iyul). Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.