Shamsuddin Ahmad Shoh
Shamsuddin Ahmad Shāh (bengalcha: শামসউদ্দীন আহমদ শাহ, 1433-1436) Ganesha xonadoniga mansub Bengalning oxirgi sultoni. U Sulton Jaloliddin Muhammadshohning oʻgʻli va merosxoʻri boʻlgan. Otasi vafot etgach, 14 yoshida taxtga oʻtirgan.
Shamsuddin Ahmad Shoh | |
---|---|
Bengal sultoni | |
Mansab davri 1433 – 1436 | |
Oʻtmishdoshi | Jaloliddin Muhammad Shoh |
Vorisi | Nosiriddin Mahmudshoh |
Dini | islom, sunniylik |
Yoshlik
tahrirAhmad 1419-yilda otasi Jaloliddin Muhammad Shoh hukmronligi davrida Bengal sultonligining hukmron oilasida tugʻilgan. Ular Ganesha sulolasiga mansub boʻlib, Ahmadning bobosi Bengal hindusi Raja Ganesha edi. Ahmadning otasi 1415-yilda musulmon boʻlgan va shuning uchun Ahmad bengal musulmoni boʻlib tugʻilgan.
Hukmronlik davri
tahrirAhmadning otasi hijriy 837-yilda (milodiy 1433-yil noyabr/dekabr) Rabiʼat-Soniyda vafot etgan va shuning uchun Ahmad 14 yoshida taxtga oʻtirgan[1].
Firishtaning soʻzlariga koʻra, u otasining liberal siyosatiga ergashgan va adolat va xayriya ishlari bilan mashhur boʻlgan[2]. Uning otasi mamluk sultoni Barsbay bilan yaxshi aloqada boʻlgan, u Jaloliddinga investitsiya, faxriy libos va eʼtirof yorligʻini hadya qilgan[3][4]. Jaloliddin oʻz sovgʻalarini Barsbayga joʻnatib ulgurmay vafot etgan, shuning uchun bu ishlarni Ahmadshoh davom ettirgan. Ahmadshoh sovgʻalarni joʻnatishni biroz kechiktirgan, lekin shunga qaramay otasining tayyorlab qoʻygan sovgʻalarini joʻnatib yuborgan, shu bilan birga oʻzining tuhfalarini ham qoʻshibgan[5]. Hammasi boʻlib, sovgʻalar 12 000 dan ortiq qizil sandiarga joylangan va kiyim-kechak, paxta, zanjabil, mirobalan va boshqa ziravorlarni oʻz ichiga olgan. Bengaliyadan Hind okeani orqali Qohiraga ketayotgan elchi Jidda qirgʻogʻida choʻkib ketgan.
Vafoti
tahrirAhmadshoh bor-yoʻgʻi 3 yil hukmronlik qilgan. Uning merosxoʻrlari boʻlmagan. Hukmronligi tartibsizlik va anarxiya bilan, shu jumladan Ibrohim Shoh Sharqiy boshchiligidagi bosqinning amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. U onasi va otasi bilan Eklaxi maqbarasiga dafn etilgan[6].
Zamonaviy tarixchi Firishta Ahmadshohning xizmatkorlaridan biri „Nosiriddin Gʻulom“ oʻlimidan soʻng taxtni egallaganini yozib qldirgan. 18-asr tarixchisi Gʻulom Husayn Salimning taʼkidlashicha, Ahmadning oʻzi uning ikki xizmatkori Shodixon va Nosirxon tomonidan oʻldirilgan. Ular Nosirxon bilan oʻzaro kurashib, nazoratni egallab olgan[7]. Bengal zodagonlari Xonni qisqa hukmronlik davrida taxtdan tushirishga muvaffaq boʻlishgan. Keyinchalik zodagonlar Mahmud ismli dehqonni Bengaliyaning birinchi hukmron sulolasi Ilyos Shohiy avlodidan deya tanishtirib, taxtga oʻtqazganlar[2][8].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Siddiq, Mohammad Yusuf „Inscriptions of the Sultanate period“, . Epigraphy and Islamic Culture: Inscriptions of the Early Muslim Rulers of Bengal (1205-1494). Routledge, 19-Nov 2015-yil — 139-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Majumdar, R. C. (ed.) (2006). The Delhi Sultanate, Mumbai: Bharatiya Vidya Bhavan, p.211
- ↑ Al-Sakhawi. Al-Daw al-lami` li ahli al-Qarni al-Tasi (ar).
- ↑ ʻAbdallāh Muḥammad Ibn-ʻUmar al-Makkī al-Āṣafī al-Ulughkhānī Hajjī ad-Dabir. Zafar ul wālih bi Muzaffar wa ālihi (ar).
- ↑ Abdul Karim. Corpus of the Muslim Coins of Bengal: (down to A. D. 1538). Asiatic Society of Pakistan, 1960.
- ↑ „Adina Masjid“. ASI, Kolkata Circle. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
- ↑ Salim, Gulam Hussain. Riyazu-s-Salatin: History of Bengal. Asiatic Society, Baptist Mission Press, 1902 — 119-bet.
- ↑ Ferishta, Mahomed Kasim. History of the Rise of the Mahomedan Power in India, Till the Year AD 1612 Briggs, John: . Oriental Books — 199-bet.