Shar Jackson

amerikalik aktrisa

Sharisse Jackson[2] (talaffuzi: Sheris Jeksn; 31-avgust, 1976-yil, Massachusetts, AQShda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. UPN telekanali efirga uzatgan Moesha sitkomida Niecy Jackson rolini ijro etgani bilan mashhurlikka erishgan. U 2007-yilda MTVda efir yuzini koʻrgan realiti shou Celebrity Rap Superstarning gʻolibi boʻlgan.

Shar Jackson
Tavalludi
Sharisse Jackson

31-avgust 1976-yil (1976-08-31) (47 yosh)[1]
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, Xonanda
Faoliyat yillari 1993-hozirgacha
Bolalari 4 nafar

Yoshligi tahrir

Jackson Massachusets shtatining Boston shahrida tugʻilgan. Uning onasi aralash ravishdagi afro-amerikalik va puerto-rikolik[3].

Aktyorlik faoliyati tahrir

Jackson Moesha telekoʻrsatuvida bosh qahramonning eng yaxshi doʻsti Niecy Jackson rolini oʻynagan. Shuningdek, u The Bernie Mac Show va My So-Called Lifeda Crystal obrazi orqali oʻzini namoyon qilgan. U NickelodeonFilms mahsuloti boʻlmish Good Burger filmida Kel Mitchell va Kenan Thompsonlar bilan birgalik rol ijro etgan.

Jackson, shuningdek, ABC telekanali efirga uzatgan realitiserial The Ex-Wives Clubda Marla Maples va Angie Everhart bilan birgalikda ishtirok etgan. Shou yaqinda ajrashgan yoki ajrashayotgan erkaklar va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 2009-yilda Jakson I Do. I Did! filmida paydo boʻladi. U, shuningdek, raqsga asoslangan Steppin: The Movie filmida ham koʻrinish bergan.

U shuningdek, 2010-yil fevral oyida premerasi boʻlgan Celebrity Fit Club: Boot Campning yettinchi mavsumida oʻzini namoyon etadi.

Musiqiy faoliyati tahrir

Jackson qisqa muddatli Mpulz pop guruhi (aʼzolari faqat qizlar) aʼzosi boʻlgan va ushbu musiqa The Princess Diariesning soundtreki sifatida kartinaga kiritilgan. Guruh 2002-yilda tarqalib ketishidan oldin faqat bitta singl chiqargan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Jackson Kevin Federline bilan unashtirilgan edi hamda uning bir qizi va bir oʻgʻli bor[4][5]. Er-xotinning oʻgʻli tugʻilishidan biroz oldin ajralishadi, bunga Federlinning pop qoʻshiqchisi Britney Spears bilan munosabati sabab boʻladi.

Keyinchalik Jackson:

Federlinening Spears bilan munosabatlari shunchaki munosabatlarni buzish emas. Bu oilani buzishga sababchi bo'lish edi

deya intervyusida taʼkidlab oʻtadi[6][7]. Qizi Casseilay va uning yigit Christopher Massey munosabatlari orqali uning nabirasi bor[8].

Uning oʻrta maktabdagi sobiq sevgilisidan ikki nafar farzandi bor: bir oʻgʻil va bir qiz[9].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1993 CB4 Tamika
1996 Grand Avenue Carlene Televizion film
1997 Good Burger Monique
2000 Love & Basketball Felicia
2002 Roller Wheelz
2003 Family Reunion: The Movie
2008 Toxic Daphne
2009 Steppin: The Movie Uwamma Layne
I Do…I Did Candy
The House That Jack Built Alexa
2011 Blood Effects Lisa
2012 One Blood Tina
2015 Touched Payne
2019 Olden Times Karen Televizion film
Take a Stan Detektiv Stroud
2020 Reboot Camp Anita
A Polished Soul Jocelyn King

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1993 Roc Rhonda Epizod: „Up in the Attic“
Tall Hopes Charlayne Epizod: „Get the Jet“
1993 Hanginʼ with Mr. Cooper Monica Epizod: „Boyz in the Woodz“
1994 Getting By Juanita-The Date Epizod: „In the Driver’s Seat“
South Central Janelle Epizodlar: „Dog“, „Dad“
On Our Own Sara Louise Epizod: „A Family Affair“
Me and the Boys Cicely Epizod: „Christmas Story“
My So-Called Life Crystal Epizodlar: „Father Figures“, „Guns and Gossip“
1995 Minor Adjustments Tammy Epizod: „Pilot“
The Parent 'Hood Lynette Epizod: Just Say Yes, No, or Maybe
Hanginʼ with Mr. Cooper Carol Epizod: „Halloween“
1996 The Steve Harvey Show Angel Epizod: „Thatʼs My Mama“
1996-2001 Moesha Niecy Jackson 122ta epizod
1998 Smart Guy Stacey Epizod: „Achy Breaky Heart“
Sister, Sister Desiree Epizod: „Young At Heart“
1999 Clueless Niecy Jackson Epizod: „Prom Misses, Prom Misses“
1999-2000 The Parkers Niecy Jackson Epizodlar: „Scary Kim“, „Kimberlale“
2001 Girlfriends Niecy Jackson Epizod: „Old Dog“
2002 The Proud Family Bethany Epizod: „Hip-Hop Helicopter“
2006 The Bernie Mac Show Valerie Epizod: „Spinning Wheels“
2007 The Ex-Wives Club Self
2008 Everybody Hates Chris Alyson Epizod: „Everybody Hates Ex-Cons“
2010 Celebrity Fit Club Herself 5ta epizod
Life After Herself 1ta epizod
2013 Trent & Tilly Z Mcnabb Epizod: „Z and the Big TV“
2015 Hollywood Divas Herself
2021 Shameless Constance Epizod: „DNR“
Kim and Niecy Niecy Jackson Hamilton 15ta epizod

Manbalar tahrir

  1. Shar Jacksonning Instagram sahifasi
  2. Cammila Albertson. „Shar Jackson:Biography“. MSN (2008). 2008-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2008-yil.
  3. Ranjan Shandilya. „Shar Jackson“. Buzzle (2008). Qaraldi: 5-sentabr 2008-yil.
  4. Rivas. „Shar Jackson Shares Two Kids with Kevin Federline Who Allegedly Left Her for Britney Spears“ (inglizcha). news.amomama.com (24-iyun 2020-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
  5. Pasquini. „Daddy's Little Girls! Proud Papa Kevin Federline Takes His Three Daughters to a Dance - and They Look So Grown Up“ (inglizcha). PEOPLE.com (2-mart 2018-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
  6. „Celebrity 'Other Women'“ (inglizcha). Page Six (30-noyabr 1999-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
  7. Finn. „Inside Kevin Federline's Private Family World“. E! Online (21-mart 2021-yil). Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
  8. „Shar Jackson's Daughter Responds to Chris Massey's Accusations of Child Abuse“. BET.
  9. „Actress Shar Jackson and her daughter Cassie on the red carpet“. People (19-avgust 2007-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.

Havolalar tahrir