Shara Proctor (1988-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — Anguilla shahrida tugʻilgan britaniyalik sobiq uzunlikka sakrash boʻyicha sportchi. U Anguilla va Buyuk Britaniyaning milliy rekordchisi hisoblanadi. 2015-yil 28-avgust kuni Pekinda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u 7 metrga (7,07) sakrab, Britaniya rekordini oʻrnatgan va jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan birinchi britaniyalik ayol sportchiga aylangan. Shuningdek, Shara ushbu musobaqada 2013-yilda IAAF olmos ligasida gʻolib chiqgan. Uning singlisi Anguilla sprinteri Shinelle Proctor hisoblanadi[2].

Shara Proctor

Proctor
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 16-sentyabr 1988-yil (1988-09-16) (36 yosh)[1]
Anguilla
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)[1]
Vazni 60 kg (132 lb)[1]
Sport
Qaysi sport Yengil Atletika
Murabbiy(lar)i Rana Reider

Faoliyati

tahrir

Anguilla vakili

tahrir

Shara Anguilla uchun 2006-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari va 2007-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo final bosqichi uchun yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan.

2010-yil noyabr oyida u IAAF tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarda Buyuk Britaniya nomidan ishtirok etishini eʼlon qilgan, chunki Anguilla Britaniyaning xorijdagi hududi boʻlib, uning Milliy Olimpiya Qoʻmitasi (MOK) tan olinmagani uchun Olimpiya oʻyinlariga delegatsiyalar yubora olmagan[3]. Britaniyaning xorijdagi hududi, Anguillaning oʻziga xos Milliy Olimpiya Qoʻmitasi (MOK) boʻlmagan, biroq bu Proctorning Buyuk Britaniya tarkibida oʻyinlarda qatnashishiga toʻsqinlik qilmagan, chunki Milliy olimpiya qoʻmitasining hudud boʻyicha mas’uliyati Britaniya Olimpiya Assotsiatsiyasi (BOA) zimmasida boʻlgan. Biroq, bu Jahon atletika musobaqalarida va Hamdoʻstlik oʻyinlarida sodir boʻlmaydi, chunki Anguilla ikkala assotsiatsiyaning samarali aʼzosi hisoblanadi. Millat oʻzgargandan soʻng, u Glazgoda boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida ingliz jamoasi tarkibida sport musobaqalarida qatnashgan[4].

Buyuk Britaniya va Angliyan

tahrir

2012-yilda Proctor oʻzining Buyuk Britaniya tarkibida birinchi katta medalini qoʻlga kiritgan, IAAF yopiq inshootlardagi yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida uzunlikka sakrash boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritish bilan bir qatorda Britaniya milliy rekordini 6,89 metrga sakrash orqali yangilagan.

Uning ochiq sport markazlarida eng uzoq masofaga sakrashi 2015-yil avgust oyida Pekinda qayd etilgan. U uzunlikka sakrashda 7,07 metr; va uch hatlab sakrashda 13,74 metr natijani qayd etgan, bu voqea 2009-yil may oyida Greensboro shahrida qayd etilgan.

2012-yil noyabr oyida Proctor Embri-Riddl Aeronavtika Universitetidagi mashgʻulot bazasidan Deytona-Bichga koʻchib oʻtgan, uning murabbiyi Rana Reider Buyuk Britaniya Atletikasida ishlash uchun ishga qabul qilingan. Reider Gollandiyaga koʻchib oʻtgandan soʻng, Proctor murabbiyi bilan qolish uchun boshqa joyga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.

 
Shara Proctor 2019-yilda Adidas Boston oʻyinlarida uzunlikka sakrashda qatnashmoqda.

2015-yil 28-avgust kuni Pekinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u 7 metrga (7.07) sakrab uzunlikka sakrash boʻyicha britaniyalik ayol sportchilar ichida eng yaxshi natijani qayd etgan. Bu natija Britaniya rekordi boʻish bilan bir qatorda Sharaga kumush medalni qoʻlga kiritishiga ham yetarli boʻlgan[5]. Proctor 2022-yilda nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan.


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Andoza:Cite Sports-Reference
  2. Bull, Andy. „Christine Ohuruogu helps win 4x400m gold as Britain claim record haul“. The Guardian (2012-yil 12-mart).
  3. Proctor receives clearance to transfer allegiance from Anguilla to GB.http://www.uka.org.uk/media/news/november-2010/24-11-10-shara-proctor/
  4. Overseas Territories parliament.uk
  5. Fordyce, Tom. „World Championships: Shara Proctor wins long jump silver“. BBC Sport (2015-yil 28-avgust). Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.