Sharifa Salimova
Sharifa Salimova — Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tavallud topgan. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan (1969-1974). „Hayot zavqi“ va „Mening bahorim“ nomli toʻplamlar muallifi [1].
Sharifa Salimova | |
---|---|
Tavalludi |
30-dekabr 1951-yil |
Mehnat faoliyati
tahrirO‘zbekiston teleradiokomiteti (1974-1987);
„Saodat“ jurnali va „O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi (1989-1994);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati [2].
Asarlari
tahrir„Hayot zavqi“, „Mening bahorim“, „Xizr bulog‘i“ (1996), „Tongga qasam“ (2002), „Giyohlar bilan tillashgan inson“ (1997), „Vatan suvrati“(2011) [3].
Tarjimalari
tahrirShoira rus, qozoq, qirgʻiz shoiralari ijodidan tarjimalar qilish bilan bir qatorda, islomshunos nemis shoiri Hadayatulloh Hyubsh sheʼrlarini o‘zbekchaga o‘girib „Oq atirgul“ nomi bilan nashr ettirdi [4].
Sharifa Salimova 1994-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan [5].
[6]
[7]
[8]
Manbalar
tahrir- ↑ https://arboblar.uz/uz/people/salimova-sharifa
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
- ↑ https://ziyouz.uz/ozbek-ziyolilari/sharifa-salimova-1951/
- ↑ https://baxtiyor.uz/sharifa-salimova-haqida-ma-lumot/
- ↑ http://www.nurzamon.uz/article_view.php?id=413
- ↑ https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/sharifa-salimova-1951
- ↑ http://www.nurzamon.uz/article_view.php?id=413
- ↑ https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/sharifa-salimova
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |