Sharifboy madrasasi – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Chaqar MFYda joylashgan tarixiy-madaniy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Sharifboy madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[2].

Madrasa
Sharifboy madrasasi
Sharifboy madrasasi 2023-yil ko‘rinishi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo
Shahar Qarshi
Manzil Chaqar MFY
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Sharifxoʻja
Homiylar Sharifxoʻja
Asosiy sana:
XVIII asr
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Yogʻoch oʻymakorligi maktabi
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Tarixi

tahrir

Sharofboy madrasasi XVIII asr boshlarida qurilgan. Maʼlumotlarga qaraganda Sharifboy madrasasi bundan qariyb 300 yil ilgari, Sharofxoʻja mablagʻi hisobiga bunyod etilgan va uning oʻzi esa umrining oxiriga qadar mazkur madrasada mudarrislik qilgan[3].

Oʻtgan qariyb III asr mobaynida Sharifboy madrasasi koʻpgina hodisalarni boshidan kechirdi. Ayniqsa, sovetlar hukmronligi davrida madrasadan mutlaqo boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Masalan, dastlab madaniyat uyi, soʻng klub, xatto teri-tanosil kasalliklari dispanseri ham joylashtirilgan. Hozirgi kunga kelib madrasa xaroba ahvolga kelib qolgan va Chaqar mahallasining homiyligida turadi[4]. Chaqar masjidi va Sharifboy madrasasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi 846-sonli qarori bilan milliy roʻyxatga kiritilgan edi. Biroq Sharifboy madrasasi va Chaqar masjidida taʼmirlash va restavratsiya ishlari olib borilmaganligi sababli 2022-yil Ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy muhokamalar boʻldi. Unga koʻra madrasa ahvoli avariya xolatiga kelib qolgandi[5].

Meʼmorchiligi

tahrir

Madrasaning meʼmoriy uslubi Shermuhammad madrasasiga oʻxshash boʻlib, faqat u bir qavatli, koshinsiz chorgʻishtlardan tiklangan, peshtoqlari ancha past, bezaksiz boʻlgan.

Madrasa hajmi boʻyiga 22.15 metr, eniga 19.61 metrni tashkil etadi. Toʻgri toʻrtburchak shaklidagi hovlisi hajmi 9.0x12.31 metrni tashkil qilgan. Hovli pishiq gʻishtdan terilgan. Hujralar soni 14 ta boʻlib ular asosan bir xonali boʻlgan, shuningdek, bitta darsxona va janub tomonida ayvon ham mavjud boʻlib, undan asosan yozgi tahsil joyi sifatida foydalanilgan. Keyinchalik bu ayvonning oldi yopilib, u mahalla machitiga aylantiriIgan[4].

Galereya

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647-bet. ISBN 5-633-01899-0. 

Nasriddinov K, Xujayarov U. Qarshi shahrining me'moriy yodgorliklari, Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 — 136-bet. ISBN 978-9943-08-629-6. 

Manbalar

tahrir
  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  2. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  3. Meʼmoriy yodgorlikning „Sharafboy madrasasi“ deb atalishiga sabab (Wayback Machine saytida 2023-08-02 sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 Nasriddinov K. Xoʻjayorov U. Qarshi shahrining meʼmoriy yodgorliklari. Toshkent: Yangi Avlod, 2011 – 23-bet.
  5. „Ko‘zdan nari, mehrdan nari yoxud davlat muhofazasiga olingan masjid va madrasaga eʼtibor yo‘qmi?“.