Shaun Christopher Francis (talaffuzi: Shon Kristofer Frensis) 1986-yil 2-oktabrda Yamaykada tavallud topgan. Yamaykalik futbolchi chap qanot himoyachisi sifatida Yamayka terma jamoasida oʻynagan.

Shaun Francis Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Shaun Christopher

Francis

Tugʻilgan 2-oktabr 1986-yil(35 yosh)

Mandevill, Yamayka
Fuqaroligi Flag Yamayki Yamayka
Boʻyi 183 cm
Vazni 71 kg
Pozitsiyasi chap qanot himoyachisi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Yoshlar tarkibidada Shaun Christopher Francis „Sporting Central Academy“ klubida oʻynagan. 2006-2009-yillarda Lindsi Uilson kollejida oʻqiyotganda u Intercollegiate Ligada universitet jamoasida oʻynagan[1][2]. Mashgʻulotlardagi tanaffuslarda Shon 2008-yilda „Indiana Investors“ va 2009-yilda „Thunder Bay Chill“ klublarda ham oʻynagan.

Shaun Christopher Francis 2010-yilgi MLS Super Draftning 4-bosqichida „Columbus Crew“ tomonidan umumiy hisobda 63-oʻrinni egalladi[3][4]. U professional debyutini 2010-yil 29-iyun kuni „Rochester Rainos“ga qarshi AQSH ochiq kubogida o‘tkazdi. Birinchi marta MLS oʻyinida u 2010-yil 17 iyulda „New-York Red Bulls“ bilan uchrashuvda maydonga tushdi. „Crew“da Shaun Christopher Francis hech qachon asosiy jamoa oʻyinchisi boʻla olmadi, u toʻliq boʻlmagan uchta mavsumda atigi 28 ta oʻyin oʻtkazdi. 2012-yil iyun oyi oxirida klub futbolchi bilan shartnomani toʻxtatdi[5].

2013-yilning fevral oyida „Philadelphia Union“dagi skrining u uchun natijasiz yakunlandi[6]. Ammo mart oyida sakkiz oydan koʻproq vaqt davomida futboldan tashqarida boʻlgan Shaun Christopher Francis yangi klub topa oldi, „Charlotte Eagles“ futbolchining yangi jamoasiga aylandi[7].

2013-yil iyul oyida Shaun Christopher Francis „Chicago Fire“ga qoʻshilish orqali MLSga qaytdi[8]. Biroq, bu klub uchun u faqat bitta oʻyin oʻtkazdi va mavsum oxirida yana rad etilganlar roʻyxatiga tushdi[9].

Shaun Christopher Francis 2014-yil 24-yanvarda „San Jose Earthquakes“ tomonidan tanlangan[10]. Uning „Earthquakes“dagi debyuti 2014-yil MLS mavsumidagi birinchi oʻyinda, 15-mart kuni „Real Salt Lake“ga qarshi oʻyinda boʻldi.

2017-yil 13-iyulda Shaun Christopher Francis 50 000 dollar evaziga „Monreal Impact“ jamoasiga qoʻshildi[11] . Uning Kanada klubidagi debyuti 5-avgust kuni „Orlando City“ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi. 2017-yilgi mavsum yakunida klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirmadi[12].

2018-yil 9-mart kuni Shaun Christopher Francis USL „Louisville City“ bilan shartnoma imzoladi[13]. 2018-yilgi mavsumni futbolchi „LuCity“ safida 17-mart kuni „Neshville“ga qarshi o‘yinda debyut qilish orqali boshlagan.

Xalqaro gollari[14] tahrir

No Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 29-noyabr 2010-yil Stade En Camée, Rivière-Pilote, Martinika   Gvadelupa 1-0 2-0 2010-yilgi Karib dengizi kubogi
2. 11-oktabr 2016-yil Leonora Stadium, Leonora, Gayana   Gayana 3-2 4-2 2017-yilgi Karib dengizi kubogi saralashi
3. 20-iyul 2017-yil University of Phoenix Stadium, Glendale, AQSh   Kanada 1-0 2-1 2017-yilgi KONKAKAF oltin kubogi

Manbalar tahrir

  1. „Shaun Francis“ (en). Lindsey Wilson Athletics. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  2. „Stats“ (en). Lindsey Wilson Athletics. 2018-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  3. „2010 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2010-yil 14-yanvar). 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  4. „Philadelphia 2010, all the draft picks“ (en). SoccerAmerica (2010-yil 15-yanvar). 2015-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  5. „Crew waives Francis, Perry and Veeder“ (en). Columbus Crew SC (2012-yil 27-iyun). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  6. Kerith Gabriel. „Daily Doop: Down time, Catching up with Curtin, Pfeffer and more“ (en). Philadelphia Union (2013-yil 12-fevral). 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-iyul.
  7. „USL PRO: Charlotte Eagles add Shaun Francis to roster“ (en). Soccer Wire (2013-yil 28-mart). 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-avgust.
  8. „Chicago Fire Sign Defender Shaun Francis“ (en). Chicago Fire FC (2013-yil 10-iyul). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  9. „RELEASE: Chicago Fire Exercise Contract Options on 10 Players Ahead of Thursday's Re-Entry Draft“ (en). Chicago Fire FC (2013-yil 9-dekabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  10. „San Jose Earthquakes shore up defense by signing Brandon Barklage, Shaun Francis, Bryan Meredith“ (en). MLSsoccer.com (2014-yil 24-yanvar). 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-iyul.
  11. Franco Panizo. „Montreal Impact land Shaun Francis via trade with San Jose Earthquakes“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 13-iyul). 2018-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-avgust.
  12. „Impact exercises options for six players“ (en). Montreal Impact (2017-yil 16-noyabr). 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  13. „Louisville City FC Signs defender Shaun Francis“ (en). LouCity (2018-yil 9-mart). 2018-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  14. „Francis, Shaun“. National Football Teams. Qaraldi: 2017-yil 21-fevral.