Karimov Shavkat Ibrohimovich (1943.21.6, Toshkent) — xirurg olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1996), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), tibbiyot fanlari doktori (1981), professor (1983). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1966). Toshkent tibbiyot akademiyasi xirurgiya kafedrasi izlanuvchisi, assistenti va dotsenti (1969— 76), Kardiologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini (1976—79), 1979-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi gospital fakultet xirurgiyasi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri (1991—98), "Oʻzbekiston tibbiyot jurnali" bosh muharriri (1991—98). K.ning ilmiy ishlari aorta va qon tomir kasalliklari, jigar sirrozi va mexanik sariklik, endovaskulyar va endobiliar jarrohlik, oʻtkir peritonitning ogʻir asoratlari, oʻpka va plevraning oʻtkir va surunkali, shuningdek, jadal jarrohlik kasalliklari, qandli diabetni xirurgik usulda davolashni takomillashtirishga oid.[1] Nyu-York (1995), Kaliforniya (1996) akademiyasi, Rossiya tibbiyot Fanlar akademiyasi (2001) akademik Gepatopankreatoduodenal xirurgiya Yevropa assotsiatsiyasi (1987), N.I. Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasi (1996), Rossiya Gepatologlar xirurgiyasi assotsiatsiyasi (2000) aʼzosi.[2]

Shavkat Ibrohimovich Karimov
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
1991-yil – 1998-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Feruz Nazirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-iyun 1943-yil (1943-06-21) (81 yosh)
Toshkent

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Mediko-sotsialnie aspekti semeyno-brachnix otnosheniy v Oʻzbekistane, T., 1995; Oxrana reproduktivnogo zdorovya jenshin v Respubliki Oʻzbekistan, T., 1996; Zdravooxraneniya Oʻzbekistana. Problemi i perspektivi, T., 1998; Ekstragenital kasalliklar va homiladorlik. (A. G. Gadoyev bilan hamkorlikda), T., 1998