Shavkat Mavlonov

uzoq yillar davlat organlarida xizmat qilgan ichki ishlar organlari faxriysi, iste'fodagi polkovnik

Shavkat Mavlonov(1952-yil 30-mart, Andijon viloyati Andijon shahri) – uzoq yillar davlat organlarida xizmat qilgan ichki ishlar organlari faxriysi, iste'fodagi polkovnik.

Shavkat Mavlonov
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari
Mansab davri
1995-yil – 2001-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Oʻtkir Sultonov
Vazir Zokir Almatov
Oʻtmishdoshi lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshligʻi
Vorisi Baxtiyor Sidiqov
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi inspeksiyasi inspektori
Mansab davri
1982-yil – 1984-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-iyun 1952-yil
Andijon, Oʻzbekiston SSR
Siyosiy partiyasi partiyaviyligi yo'q

Hayoti va faoliyati

tahrir

Shavkat Mavlonov Andijon shahrida dunyoga keldi. Maktabni a'lo baholar bilan tamomlab, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga o'qishga kiradi. 1978-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini tamomlab[1] harbiy xizmatni o'taydi.

Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati

tahrir

Shavkat Mavlonov ichki ishlar organlaridagi ilk xizmat faoliyatini 1982-yil Toshkentda, Ichki ishlar vazirligi inspeksiyasi inspektori lavozimida boshlaydi. 1984-yilda shu yerda katta inspektor lavozimiga ko'tariladi. 1985-yil Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2-maxsus bo'limi bo'linma boshlig'i lavozimida xizmatni davom ettiradi. Shavkat Mavlonov 1989-yilda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlab[2], Ichki ishar vaziri yordamchisi sifatida xizmat qiladi. 1995-yil Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. Bu lavozimda Shavkat Mavlonov 2001-yilga qadar faoliyat olib bordi.

Oilasi

tahrir

Shavkat Mavlonov oilali.[3]

Manbalar

tahrir
  1. http://edu.msu.ru/alumni/
  2. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  3. Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati Kadrlar xizmati fidoyilari. Toshkent. 2022-yil. 16–19-betlar