Shayx Is’hoq eshon jome masjidi
Ushbu sahifani Shayx eshon jome masjidi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Shayx Is’hoq eshon jome masjidi — Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan masjid[1].
Masjid | |
Shayx Is’hoq eshon jome masjidi
Shayx Is’hoq eshon jome masjidi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Namangan shahri |
Joylashuvi | Namangan shahri |
Manzil | Qodir Otamirzayev ko'chasi, 3 |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Binokorlik | 1900—1913 |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Tarixi
tahrirShayx Is’hoq Eshon masjidi (hozirgi kunda „Shayx Eshon“ jome masjidi deb yuritiladi) Namangan shahri, Gʻishtko‘prik mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qodir Otamirzayev ko‘chasida joylashgan[2]. Bu masjid Is’hoq Shayx tashabbusi bilan Egamberdiboy shaxsiy mablagʻiga qurilgan. Mahalliy maʼlumotlarga koʻra, 1895-yildan qurilish mollari yigʻilgan. Masjid qurilishi 1900-yili boshlanib 1913-yilda yakunlangan. Usta naqqosh Umar Ogʻaliqdir.
Arxitektorlar A.Balayev, K.Pchelnikovlar maʼlumotiga koʻra, bu masjid 200 yillar avval bunyod etilgan eski masjid oʻrnida ustazoda meʼmor Abdulaziz Ismatulloh oʻgʻli loyihasi asosida qurilgan. Duradgorlik ishlarini usta Abduxalil amalga oshirgan. Masjidga dastlab Namangansoy tarafidagi sharqiy darvoza orqali kirilgan. 1948-yilda masjidning gʻarbiy qismida Shayx eshon qabri mavjud boʻlgan[3].. Mazkur darvozaxona va shayx qabri buzilib ketgan.
Masjid barpo etilganidan so‘ng, Shayx Is’hoq eshon imomlik qiladi. U kishining faoliyati, axloq-odobi, komil murshidlik fazilatlaridan masjid ahli mamnun bo‘lib, xalqning xohish-irodasi bilan masjid nomini imom-xatib ismi bilan nomlab „Shayx Is’hoq eshon“ masjidi deb atashgan.
Tuzilishi
tahrirHozirda (1991-yildagi taʼmirdan soʻng) masjidga kiriladigan toʻrtta darvozadan 2 tasi janub va janub-gʻarb tarafida, qolgan ikkitasi hovlining shimol va sharq tomonida joylashgan.
Peshtoqdagi yozuvlar
tahrirBosh peshtoq janubga qaragan. Peshtoq tepasidagi qora marmar lavhada masjid nomi nastaʼliq xatida yozilgan.
Hovlining sharq tomonidagi sahnda usti rangli koshinlar bilan bezatilgan minora (balandligi — 13 metr, diametri — 4 metr) joylashgan. Bu minora 1954-yildan keyin qurilgan chogʻi, A.Balayev, I.Borodinalar hisbotida zikr etilmagan
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Uzbekistan Today axborot agentligi, 2015; Ijodiy guruh, 2015. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Namangan — 28-bet. ISBN ISBN 978-9943-4509-8-1.
- ↑ „“Шайх Эшон” жоме масжиди“. old.muslim.uz. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
- ↑ Балаев. Материалы экспедиции — 82-83-bet.