Shayx Jalol darvozasi (Buxoro)
Shayx Jalol darvozasi — Buxoro shahri qalʼa devorining janubi-gʻarbidagi darvoza.
Shayx Jalol darvozasi | |
---|---|
Shayx Jalol darvozasining 1898–1902-yillar oraligʻida Emmanuil Voronets tomonidan olingan surati | |
Eski nom(lar)i | Darvozayi boboi morkushon |
Muqobil nom(lar)i | Jalolobod darvozasi |
Joylashuvi | |
Hudud | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Umumiy maʼlumotlar | |
Taʼmirlatgan hukmdor | Abdulazizxon |
Taʼmirlangan yili | 1549—1550-yillar |
Buzilgan yili | 1968-yil |
Qayta tiklangan yili | 2009-yil |
Qayta tiklagan meʼmor |
Muzaffar Mirzayev, Sharif Rahimov |
Qalʼa (shahar) | Buxoro |
Arxitekturasi | |
Meʼmoriy uslubi | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Qurilish materiali | pishgan gʻisht |
Balandligi | 11-12 metr |
Kengligi | 14×20 |
Shayx Jalol darvozasi (Buxoro) Vikiomborda |
Tarixi
tahrirShayx Jalol darvozasi XVI asrda Shayboniy hukmdor Abdulazizxon davrida qayta tiklangan. Darvoza Buxoroning janub tomonida joylashgan boʻlib, shonli tarixga ega bo‘lgan darvozalardan biri hisoblanadi. Darvoza baʼzi manbalarda „Jalolobod darvozasi“ shaklida ham uchraydi[1].
Darvozayi Shayx Jalol hamda shu nom bilan yuritiluvchi mahalla haqida 1691—1692-yilga oid hujjatlarda maʼlumotlar uchraydi[2]. O‘sha davrda Shayx Jaloliddinga murid bo‘lgan Abdulazizxon hazrat shayx sharafiga ilgari Darvozayi boboi morkushon nomi bilan mashhur bo‘lgan darvozani uning nomi bilan ataydi. Abdulazizxon 1549—1550-yillar oralig‘ida darvozani taʼmirlab, koshin burish rangli g‘ishtlar bilan jilo berib, unga yaqinroq joyda xonaqoh, hovuz, minora hamda hujralar qurdiradi.
Darvozadan tashqarida juda katta bog‘lar bo‘lib, shu qatori Xo‘ja Ismatulloh Buxoriy bog‘lari hamda maqbaralari ham shu hududda joylashgan.
Meʼmorchiligi
tahrirDarvozaning balandligi 11-12 metr bo‘lib, kengligi 14×20, tashqi hamda ichki tomonida peshtoqlari bor. Abdulazizxon darvozaninig ustki qismini gultoj bilan bezatib, xonaqoh ustiga ko‘k gumbazlar qurishni buyuradi. Ushbu gumbazga eʼtibor berilmay quyilganligi bois 1898-yilda uning koshinlari ko‘chib tushgan. Mazkur davr ustalari gumbazni qayta tiklay olmaganlar. Qarovsizlik sababli xonaqoh, minora, hovuz, darvoza ham vayronaga aylangan. 1968-yilda toʻliq buzib tashlangan[3].
2008—2009-yillar oralig‘ida tayyorlangan loyihaga asosan usta-meʼmorlar Muzaffar Mirzayev hamda Sharif Rahimovlar tomonidan Darvozayi Shayx Jalol qaytadan qurilgan. Yon atrofidagi qadimiy qal’a devori ham tiklangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet.
- ↑ „Ворота Шейх Джалол“ (ruscha). Rusrav.uz (2019-yil 24-aprel). Qaraldi: 11-oktabr 2023-yil.
- ↑ Toʻrayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.