Shayx Xoʻja Xisrav maqbarasi
Shayx Xoʻja Xisrav maqbarasi – Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan ziyoratgoh. Ziyoratgoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1][2].
Shayx Xo‘ja Xisrav maqbarasi | |
---|---|
Joylashuv |
Navoiy viloyati Karmana tumani |
Turi | maqbara |
Material | pishgan g'isht |
Xarita | |
Koordinatalari | 40°7′40.5″N 65°21′48.0″E / 40.127917°N 65.363333°E |
Tarixi
tahrirXoʻja Xisrav xoʻjalardan boʻlgan. SHayx XIV asrda Mavlono Orif Deggaroniy, Xoʻja Baxoviddinlar bilan bir zamonda yashagan. Xoʻja Xisravning hayoti, faoliyati va karomatgoʻyligi haqida Abul Musin Muhammad Boqir Ibn Muhammad Alining „Bahouddin Balogardon“ kitobida ayrim tarixiy maʼlumot va rivoyatlar keltirilgan. Oʻz davrining oʻta zukko kishisi, Islom dinining peshvosi karomat sohibi boʻlib tanilgan. U Qosim SHayx maqbarasining janubiy-gʻarbida, undan 400 metr nariga dafn qilingan[3]. Ushbu kichik maqbara bir tomonida kanal bilan, boshqa tomonida xususiy uylar bilan chegaradosh. Maqbara hududi chiroyli metal panjara bilan oʻralgan. Binoning oʻzi bir gumbazli inshoot boʻlib, kirish portali, perimetri toʻrtburchak, pishgan gʻishtdan qurilgan, juda och rangda, qisman naqshli sirlangan plitkalar bilan bezatilgan. Ichki qismi juda keng – markazda, gulchambarda arab xattotligi yozuvlari bilan ramziy marmar qabr toshi joylashgan[4].
Shayx Xoʻja Xisrav maqbarasi XX asrda vayron qilingan. Maqbara oʻrnida faqat Xoʻja Xisravning qabr toshi saqlanib qolgan, uning ustiga zamonaviy materiallardan Xoʻja Xisravning yangi maqbarasi oʻrnatilgan. Karmana tumanidagi muqaddas qadamjo, „Xoʻja Xisrav“ meʼmoriy ziyoratgoh qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Xoʻja Xisrav ziyoratgohi taʼmirlashdan soʻng mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „Navoiy viloyati Islomiy qadamjolar“. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ „XO‘JA XISRAV MAQBARASI“ (uz). 2023-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.