Sheksna — Rossiya Federatsiyasi Vologda viloyatidagi daryo, Volganing chap irmogʻi. Beloye koʻlidan boshlanib, Ribinsk suv omborining Sheksna qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 139 km, havzasining maydoni 19 ming km². Volga — Boltiq suv yoʻli va Shimoliy Dvina suv sistemasiga kiradi. Asosan, qordan toʻyinadi. Quyilish joyidan 28 km da oʻrtacha suv sarfi 172 m³/sek. Okt. — dekabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Sh. quyilish joyida Cherepovets shahri joylashgan. Daryoda Cherepovets gidrouzeli va suv ombori bor.

Sheksna
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi 139
Maydoni 19 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Sheksna