Shelly Woods
Rochelle „Shelly“ Woods (1986-yil 4-iyunda tugʻilgan) – Lancashirening Blackpool shahri Layton hududida tugʻilgan, britaniyalik elita paralimpiya sportchisi. Woods T54 toifasidagi sportchi boʻlib, oʻrta va uzoq masofalarga moʻljallangan musobaqalarda nogironlar aravachasidagi poygachi sifatida ishtirok etib keladi. 2008-yil Pekin va 2012-yil Londonda boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan va ushbu musobqalarda uchta medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2007- va 2012-yillardagi London marafonida nogironlar aravachasida ayollar oʻrtasidagi elita poygasida gʻolib chiqqan jahon darajasidagi marafonchi.
Shelly Woods | ||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavallud sanasi |
4-iyun 1986-yil Blackpool, Angliya | |||||||||||||||||||||||||||||||
Sport | ||||||||||||||||||||||||||||||||
Mamlakat | GBR | |||||||||||||||||||||||||||||||
Qaysi sport | nogironlar aravachasidagi poyga | |||||||||||||||||||||||||||||||
Medallar | ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Shaxsiy hayoti
tahrirWoods 1986-yil 4-iyunda Blackpoolda tugʻilgan[1]. 11 yoshida Woods daraxtdan 20 fut (6,1 m) balandlikdan yiqilib, orqa miyaning T12-L1 umurtqasidan jarohat oladi (paraplegiya). Bu kasallik esa nogironlar aravachasidan foydalanishni talab qiladi[2].
Sportdagi faoliyati
tahrirWoods doimo qiziqarli sportchi boʻlgan va jarohat olganidan keyin sportda, jumladan, nogironlar aravachasidagi basketbol va suzish bilan shugʻullanishda davom etgan. Oxir-oqibat yengil atletika bilan shugʻullanishga qaror qilgan va 2011-yilda bergan intervyusida poygalarga eʼtibor qaratishni tanlaganini aytgan[2]. U birinchi marta potensial uloqtiruvchi sifatida aniqlangan, ammo birinchi murabbiyi Andrew Gill maslahati bilan poygalarga oʻtgan. Gill va Vuds 17 yoshida doʻstona ajralishadi, chunki Gill uni qoʻlidan kelgancha shugʻullantirganiga va endi Vuds boshqa murabbiy qoʻl ostida rivojlanishini koʻrishni xohlaganiga ishongan[2]. Oxir-oqibat nogironlar aravachasi boʻyicha mutaxassis murabbiyi Andrew Dawes bilan hamkorlik qildi[2].
2004-yilda Woods 66 daqiqa 37 soniya bilan „Reading Half Marathon“ ida ayollar oʻrtasida rekord qayd etgan. Nogironlar aravachadagi sportchi sifatida 2005-yilda „Great North Run“ musobaqasida gʻolib boʻlib, yarim marafon boʻyicha Britaniyaning yangi rekordini oʻrnatgan holda katta muvaffaqiyatga erishadi. Woods, shuningdek, 5000 metrga yugurish boʻyicha milliy rekordchi boʻlib, 2005-yilda va yana 2006-yilda oʻzining birinchi London marafonida kumush medallarni qoʻlga kiritgan.
2007-yil 22-aprelda Woods birinchi marta London marafonida nogironlar aravachasida 1:050:40 natija bilan gʻolib chiqqan[3].
2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya jamoasi vakili boʻlgan Woods ikkinchi marta 5000 metrga nogironlar aravachasi finalida bronza medalini qoʻlga kiritgan[4]. Dastlab 8-sentyabr kuni ikkinchi oʻrinni egallaganligi uchun kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsa-da, finalda bir nechta toʻqnashuv (olti nafar sportchi halokatga uchragan) natijasida yuzaga kelgan bahsli norozilik toʻrt kundan keyin poyganing qayta oʻtkazilishiga olib kelgan. Keyinchalik Woods 1500 metrga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritib, shveysariyalik Edith Hunkelerni chiziq boʻylab magʻlub etadi va marafonda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.
Shuningdek, 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya jamoasini himoya qiladi va bu musobaqada ayollar oʻrtasidagi marafonda kumush medalni qoʻlga kiritadi. 1500 metrga yugurishda 6-oʻrinni, 5000 metrga yugurishda 8-oʻrinni va 800 metrga yugurishda 3-oʻrinni egallagan, ammo finalga chiqa olmagan[4].
2014-yilda Glazgodagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida qatnashgan va Suonsi shahrida boʻlib oʻtgan XPQ atletika boʻyicha Yevropa chempionatida beshinchi oʻrinlarni egallashdan oldin 1500 metr masofaga yugurishda oltinchi oʻrinni egallagan[4].
2014-yil sentabr oyida u yarim marafondagi eng yaxshi (50,36) natijani qayd etib, BUPA Great North Run musobaqasida gʻolib chiqqan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Shelly Woods – Paralympian“. olympics30.com. 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „shelly woods interview“. britishathletics.org.uk (2011-yil 23-mart). Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „Shelly Woods“. thepowerof10.info. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Woods, Rochelle“. IPC. 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Shelly Woods mavzusiga oid fayllar bor. |
- Shellywoods.com: Shelly's website (Wayback Machine saytida 20 August 2021 sanasida arxivlangan)