Sherali Turdiyev — (1933, Zomin tumani — 2011, Toshkent) adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi (1969), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1993).

Sherali Turdiyev
Tavalludi 1933-yil
Zomin tumani, Beshbuloq qishlogʻi
Vafoti 2011-yil, 18-mart
Toshkent
Mukofotlari „Mehnat shuhrati“ ordeni

Faoliyati

tahrir

Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ni tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ishlagan. XX asr boshi va 1920—1930 yillar oʻzbek adabiyotining Behbudiy, Qodiriy, Ziyo Said singari namoyondalari asarlarini toʻplash va nashr etishda faol qatnashgan.

Asarlari

tahrir

„Oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi bibliografiyasi“ (hammuallif, 1967), „Hayotbaxsh taʼsirlar“ (1977), „Oʻzbek adabiyotida kichik epik janrning shakllanishi“ (1978), „Adabiy hamkorliklar samarasi“ (1985) kabi kitob va risolalar muallifi.

Mukofotlari

tahrir

„Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan (1999). U haqda „Fidoyi olim“ hujjatli filmi ishlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 226-bet.