Bosh menuni ochish

Sherlock Holmes haqida hikoyalar (1989)

Arthur Conan Doyle qalamiga mansub 18 hikoyadan iborat toʻplam

„Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ (talaffuzi: Sherlok Xolms haqida hikoyalar) — shotland yozuvchisi Arthur Conan Doyle yaratgan izquvar Sherlock Holmes haqidagi hikoyalar toʻplami. Toʻplam 1989-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nahriyotida chop etilgan.[1] Oʻzbek tilidagi mazkur toʻplamga 18 ta hikoya kiritilgan.

Sherlock Holmes haqida hikoyalar
Muallif Arthur Conan Doyle
Janr detektiv hikoyalar
Til ingliz
Tarjimon Vahob Roʻzimatov
Nabijon Boqiyev
Qodir Mirmuhammedov
Mirziyod Mirzoidov
Nashriyot „Yulduzcha“
Nashr etilgan 1989
Sahifalar soni 448
ISBN 5-8250-0116-6

Oʻzbekcha toʻplamga kiritilgan hikoyalar rus tilidan tarjima qilingan. Unga kiritilgan 13 hikoyani Vahob Roʻzimatov, 2 hikoyani Nabijon Boqiyev, 2 hikoyani Qodir Mirmuhammedov, 1 hikoyani Mirziyod Mirzoidov tarjima qilgan.

Toʻplamdan 1966-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan „Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ toʻplamidan olingan 12 hikoya hamda 6 yangi tarjima qilingan hikoya oʻrin olgan. Undagi 8 hikoya „The Adventures of Sherlock Holmes“ („Sherlock Holmes sarguzashtlari“) (1892), 3 hikoya „The Memoirs of Sherlock Holmes“ („Sherlock Holmesning memuarlari“) (1894), 5 hikoya „The Return of Sherlock Holmes“ („Sherlock Holmesning qaytishi“) (1905), 2 hikoya „His Last Bow“ („Uning soʻngi taʼzimi“) (1917) toʻplamlaridan olingan.

Mazkur toʻplamni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shoyim Boʻtayev – muharrir, E. Kigay – rassom, F. Basharova – rasmlar muharriri, T. Lukyanova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 150 000 nusxa.

QahramonlarTahrirlash

  • Sherlock Holmes (talaffuzi: Sherlok Xolms) – izquvar, bosh qahramon
  • Doktor Watson (talaffuzi: Uotson) – Holmesning doʻsti
  • Missis Watson (talaffuzi: Uotson) – doktor Uotsonning rafiqasi
  • Missis Hudson (talaffuzi: Xadson) – Holmes turgan uyning bekasi

HikoyalarTahrirlash

„Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ toʻplamiga kiritilgan hikoyalar
Hikoya Original nomi Original nashr qilingan yil Original toʻplam Tarjimon
„Mallalar uyushmasi“ "The Adventure of the Red-Headed League" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Boskom vodiysining siri“ "The Boscombe Valley Mystery" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Izquvarning inqirozi“ "A Scandal in Bohemia" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes Nabijon Boqiyev
„Besh dona apelsin urugʻi“ "The Five Orange Pips" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Labi tirtiq odam“ "The Man with the Twisted Lip" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Moviy karbunkul“ "The Adventure of the Blue Carbuncle" 1892 The Adventures of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Chipor lenta“ "The Adventure of the Speckled Band" 1892 The Adventures of Sherlock Holmes Mirziyod Mirzoidov
„Sargʻish bashara“ "The Adventure of the Yellow Face" 1893 The Memoirs of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Mesgreyvlar xonadonining udumi“ "The Adventure of the Musgrave Ritual" 1893 The Memoirs of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Holmesning soʻnggi ishi“ "The Final Problem" 1893 The Memoirs of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Boʻsh uy“ "The Adventure of the Empty House" 1903 The Return of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Internatda sodir boʻlgan hodisa“ "The Adventure of the Priory School" 1904 The Return of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Qora Piter“ "The Adventure of Black Peter" 1904 The Return of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Oltita Napoleon“ "The Adventure of the Six Napoleons" 1904 The Return of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Ikkinchi dogʻ“ "The Adventure of the Second Stain" 1904 The Return of Sherlock Holmes Vahob Roʻzimatov
„Asilzoda boʻydoq“ "The Adventure of the Noble Bachelor" 1892 The Adventures of Sherlock Holmes Nabijon Boqiyev
„Qizil xalqa“ "The Adventure of the Red Circle" 1911 His Last Bow Qodir Mirmuhammedov
„Sherlock Holmes oʻlim toʻshagida“ "The Adventure of the Dying Detective" 1913 His Last Bow Qodir Mirmuhammedov

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. Sherlock Holmes haqida hikoyalar. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 09.10.2016.

HavolalarTahrirlash