Tishli gʻildirak

(Shesternyadan yoʻnaltirildi)

Tishli gʻildirak - bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish uchun moʻljallangan detal; tishli uzatmaning asosiy detali. Silindr yoki konussimon sirtlarga tishlar kesilgan diyekdan iborat. Bir Tishli gʻildirak tishlari ikkinchi Tishli gʻildirak tishlari bilan ilashib harakat uzatadi. Tishli gʻildirak termik yoki kimyoviytermik ishlov berilgan legirlangan poʻlat, plastmassa, yogʻoch, tekstolitdan tayyorlanadi. Silindrik, evolventa, sikloidal va boshqa shakllarda yasaladi. Silindrik Tishli gʻildirak tishlari tashqi va ichki boʻladi. Tishlar toʻgʻri vintsimon, shevron va qiyshiq qilib yasaladi. Tishli gʻildirak shesternya deb ham ataladi. Mas., reduktorsozlikda tishlar sonidan qatʼiy nazar kichik Tishli gʻildiraklar shesternya, kattalari gʻildirak deyiladi. Mashina, asbob, apparat, hisoblagich va boshqa mexanizmlarda turli shakllardagi Tishli gʻildiraklar ishlatiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Tishli gʻildirak“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil