Shigefumi Mori
Shigefumi Mori (yaponcha: 森 重文) (1951-yil 23-fevralda tugʻilgan) — yaponiyalik matematik. Mori Algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1990-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Shigefumi Mori | |
---|---|
Tavalludi |
23-fevral 1951-yil Nagoya, Yaponiya) |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Sohasi | Matematik |
Institutlar | Kyoto universiteti |
Taʼlimi | Kyoto universiteti |
Akademik rahbarlari | Masayoshi Nagata |
Mashhur ishlari |
Algebraik geometriya Minimal model dasturi |
Mukofotlari |
Fields medali (1990) Cole mukofoti (1990) |
Mori 1978-yil Kyoto universitetida Masayoshi Nagata rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1977–1980-yillarda Harvard universitetida, 1981–1982-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida, 1985–1987-yillarda Columbia universitetida, 1987–1989 hamda 1991–1992-yillarda esa Utah universitetida ishlagan. 1990-yildan beri Kyoto universitetida faoliyat yuritib keladi. 2014-yil Xalqaro matematika ittifoqi prezidenti etib saylangan.
Morining taniqli ishlari uch oʻlchamli algebraik xilma-xilliklarni tasniflash bilan bogʻliqdir. Mori natijalarining uchdan koʻp oʻlchamlarga qoʻllash minimal model dasturi deb ataladi. Ushbu mavzu algebraik geometriyaning faol oʻrganilayotgan sohalaridan biriga aylangan.