Shihobuddin Ahmad Koya Shaliyathi (Arab tili :شهاب الدين احمد كويا شاليات, Malay tili: ശിഹാബുദ്ദീന് അഹ്മദ് കോയ ശാലിയാത്തി), Hindiston janubiy shtati Kerala shtatidagi Kerala shahrilikdir. U Keraladagi sunniy olimlarning rasmiy tashkiloti[1] Samastha Kerala Jamiyathul Ulamada muhim lavozimlarni egallagan[2][3]. U mashhur janubiy hind shofiy olimi, sunniylik Barelvi harakati asoschisi Imom Ahmad Rizo Xon Barelviyning shogirdi boʻlgan[4].

Shihabuddin Ahmad Koya Shaliyathi
Tavalludi 1302 AH
Vafoti 27-Muharram, 1374 hijriy yil
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi dinshunos
Otasi Imadudheen aliyyussvalihathi

Yoshlik yillari tahrir

Shihobuddin Ahmad Koya hijriy 1302-yilda Jumadul Oxirda Kojikodadagi Koyamarakkarakam uyida Mohyaddin Qutty hojining oilasida dunyoga keladi. U diniy kelib chiqishi boʻyicha ota-onasining qattiq nazoratiga olingan va boshlangʻich taʼlimni otasidan olgan. Ahmad Koya olim va ozodlik kurashchisi Ali Musliyar tomonidan Darsega (Masjid universiteti) qabul qilinadi. U Bareyli shahriga sayohat qilib, oʻtgan asrning mashhur sunniy olimi, mujaddid imom Ahmad Rizoxon Barelviy qoʻlida islomiy va maʼnaviy taʼlim oladi. U zot tomonidan so‘fiy Qadriy tartibida shogird qabul qilishga ruxsat berilgan. Ahmad Koya keyingi taʼlimni Keralalik islohotchi Chalilakat Kunahmed Hoji va Madrasning oʻsha paytdagi bosh muftiysi Shamsul Ulama Moulana muftiy Mahmud qoʻl ostida davom ettiradi. U Bayon, Badiy, Mantiq va Hadisda mukammallikka erishadi. Ahmad Koya otasining vasiyatiga binoan Velore Lathifiya kollejining Nizomiy kursini tamomlagan.

Nikoh hayoti tahrir

Ahmad Koya Chaliyatda oila quradi, lekin bu uzoq davom etmadi va turmush ayolining bevaqt oʻlimi bilan yakunlandi. Birinchi turmush oʻrtogʻi vafotidan keyin u amakivachchasi bilan nikoh qurdi va ikki oʻgʻilli boʻldi. Ahmad Koya baʼzi sabablarga koʻra ikkinchi ayoli bilan ajrashishga majbur boʻlgan va Manekkal Kunnahmed Musliyarning qiziga uylangan[5].

Xizmat sohasida tahrir

Latifiya kollejida tahsil olayotgan paytda u Dorul-iftoga (Fatvo kengashi) kiritildi va baʼzi fanlardan muallim etib tayinlandi. Latifiya kollejini tamomlagandan soʻng, Tamilnadu shtatidagi Riyala Jiyan kolleji Tirunnelvelga oʻqituvchi etib tayinlandi. U Haj ziyorati uchun taʼtil paytida Ali nomidan xizmat burchini bajargan va besh yil davomida Kolayattur Juma masjidida ishlagan. U shayx Ubaydullohi Madirasining taklifiga binoan Badukkal masjidida bosh professor lavozimini egallaydi. Hijriy 1245-yilda toʻrt mazhabdagi keng bilimi tufayli u zot muftiylik lavozimiga tayinlangan.

Samastha Kerala Jamiyathul Ulamada tahrir

Ahmod Koya yangilikka asoslangan guruhlarga qarshi dastlabki intellektual qarshi hujumlarda tashkilotning yetakchi vakili edi. U 1933-yilda Kojikode tumanidagi Feroke shahrida tashkil etilgan chaqiriqni boshqargan[6][7].

Intellektual ishlari tahrir

Uning turli mavzudagi oʻttiz yetti kitobi boʻlib, ularning qoʻlyozma nusxalari Azhariya kutubxonasida saqlanadi.

Vafoti tahrir

Hijriy 1374-yil, Muharram oyining 27-sanasida foniy dunyoni tark etib, Azhariya Kutubxona yaqinida dafn etilgan.

Manbalar tahrir

  1. „HISTORY“. skssfparambulam.blogspot.in.
  2. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  3. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  4. „RSC Icf“.
  5. http://www.islamonweb.net/article/2012/05/179/
  6. „Archived copy“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
  7. „About“ (2009-yil 26-dekabr).