Hijriy yil hisobi
[1]Hijriy yil hisobi - (the Hijri year (Arabic: سَنة هِجْريّة) yoki era (التقويم الهجري at-taqwīm al-hijrī[1]) musulmonlar yil hisobi, islomiy taqvim. Muhammad (sav) ning Makkadan Madinaga koʻchishi (qarang Hijra) bilan bogʻliq. Qamariya (hijriy-qamariy yil) va shamsiya (hijriy-shamsiy yil)ga boʻlinadi.
Qamariya boʻyicha yil hisobi 622-yilning 16-iyuli juma kunidan boshlanib, Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasida oʻtgan vaqt — sinodik oy (29,530588 kun) davriga asoslangan. 12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qa-mariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11-oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodul avval, jumo-dul oxir, rajab, shaʼbon, ramazon, shavval, zulqaʼda va zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan 10— 12 kun qisqa. Qamariy yilning baʼzilari kabisa yil boʻlishiga sabab yilning kasr qismi (0,3671 kun) har 30 yilda 11,013 kunni tashkil etishidir. Uning 19 yili oddiy (354 kunlik), 11 yili kabisa (355 kunlik), 38 yillik arabcha siklning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29-yillari kabisa deb qabul qilingan. Qamariya hisobi Yaqin va Oʻrta Sharqning koʻp davlatlari va boshqa baʼzi davlatlarda qoʻllanadi.
Shamsiya 622 yilning bahorgi teng kunlik kuni — 21-martdan boshlab hisoblanadi; keyingi yil boshlari esa 20, 21 yoki 22-martga toʻgʻri keladi. Davomiyligi Grigoriy kalendaridat kabi 365 yoki 366 kundan iborat. Shamsiya boʻyicha oylarning nomlari hut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi va dalv boʻlib, bu oylar doimo yilning maʼlum bir vaqtlarida keladi.
Oʻrta Osiyoda yangi uslub keng ommaviylashgunga qadar qamariya hisobi ham, shamsiya hisobi ham ishlatilib kelingan; Shamsiya hisobi boʻyicha yilning dastlabki kunlarida Navroʻz bayrami oʻtkazilgan.
Hijriy yil hisobining sanalarini yangi uslub (Grigoriy kalendari)ga aylantirishda maxsus formulalar va jadvallar qoʻllanadi. Mas, Grigorian kalendarining 1980-yil qamariyaning 1399/1400-yillariga va Shamsiyaning 1359/1360-yillariga toʻgʻri keladi (yana qarang Burjlar, Kalendar).
Formula
tahrirAH = (CE − 622) × 33 ÷ 32
CE = AH × 32 ÷ 33 + 622
Bunda AH - hijriy yil va CE - milodiy yil hisobini anglatadi[2].
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |