Rasmiy ravishda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) nomi bilan tanilgan Shimoliy Koreyada jinoyat turli shakllarda mavjud.

Shimoliy Koreya politsiyachisi. 2008-yilda Shimoliy Koreyaning Keson shahrida yoʻl harakati nazorati.

Jinoyat turlari boʻyicha

tahrir

Qotillik

tahrir

Shimoliy Koreyada koʻplab odamlar qashshoqlikdan azob chekishadi va natijada omon qolish uchun koʻpincha ekstremal choralarga murojaat qilishadi. Bir necha qochqinlar mamlakatda qotillik va kannibalizm keng tarqalgani haqidagi mish-mishlarni eshitgani haqida xabar berishgan; bu mish-mishlar birinchi marta 1994—1998-yillardagi Buyuk ocharchilik paytida paydo boʻlgan[1].

Koreya Milliy Birlashish Institutining 2014-yilda Shimoliy Koreyadagi Inson huquqlari bo‘yicha kitobida 2004—2010-yillarda qotillik jinoyati uchun o‘n ikkita ommaviy qatl ro‘yxati keltirilgan. Qotillik qurbonlari orasida sevishganlar, er-xotin, kreditor va shifoxona maʼmuri bor edi[2].

Siyosiy huquqbuzarliklar

tahrir

Shimoliy Koreyada mamlakatning siyosiy rahbarlariga nisbatan har qanday tanqid jiddiy jinoyat sifatida qabul qilinadi. Xiyonat ham juda jiddiy qabul qilinadi; xiyonatkor xatti-harakatlar Janubiy Koreyaga qochishga urinish yoki Janubiy Koreya madaniyatining biron bir jihatini maqtashni oʻz ichiga olishi mumkin. Xitoy yoki Rossiyaga shimoliy chegarani kesib oʻtish ham noqonuniy hisoblanadi, ammo ish izlab chegaradan haydalgan shimoliy koreyaliklarning koʻpligi tufayli bu qonun unchalik qatʼiy emas[3].

Sotsialistik tamoyillarni tanqid qilish yoki rad etish, bu tamoyillarni qo‘llab-quvvatlamaslik yana bir og‘ir siyosiy jinoyatdir. Huquqbuzarlikning ushbu toifasiga sotsialistik tuzumga tahdid soladigan har qanday narsa kiradi, masalan, xususiy biznes yuritish yoki makkajoʻxori, guruch yoki kartoshka kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻgʻirlash[3].

Shimoliy Koreyaga qarshi jinoyatlarda ayblangan xorijliklar

tahrir

Shimoliy Koreyada oz sonli Amerika fuqarolari millatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Bu mamlakatga noqonuniy ravishda kirish yoki mamlakatga dushmanlik belgilarini koʻrsatishni oʻz ichiga oladi. Amerika Qoʻshma Shtatlaridan ikki muxbir millatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilib, jazoga hukm qilingan. Oʻsha yilning oxirida, Bill Klinton Shimoliy Koreyaning oʻsha paytdagi rahbari Kim Chen Ir bilan uchrashib, ularni ozod qilish boʻyicha muzokaralar olib borgandan keyin ular ozod qilingan edi. 2013-yil aprel oyida Pae Jun Xo nomi bilan tanilgan amerikalik sayyohlik operatori Kennet Bey Shimoliy Koreya hukumatini ag‘darishga uringanlikda ayblangan edi. Davlat ommaviy axborot vositalari bu daʼvoni tasdiqlovchi dalillar borligini maʼlum qildi. Shundan so‘ng u qo‘yib yuborilgan va AQShga qaytishiga ruxsat berilgan. Shimoliy Koreya qonunlariga koʻra, bunday qilmish umrbod qamoq jazosi yoki oʻlim bilan jazolanadi[4]. 2016-yilda amerikalik kollej talabasi Otto Uormbier Shimoliy Koreya hukumati tomonidan Pxenyan xalqaro aeroportida mamlakatni tark etishga tayyor bo‘lgan vaqtda hibsga olingan edi. Uormbier hibsga olinishidan oldin mamlakat boʻylab sayohat qilgan uyushgan sayyohlik guruhining safida boʻlgan. Shimoliy Koreya hukumati Uormbyerni mehmonxonasidan tashviqot plakatini o‘g‘irlaganlikda aybladi. Uormbyer 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi[5]. Uormbier hibsda boʻlganida tasdiqlanmagan sabablarga koʻra komaga tushib qoladi va 17 oylik hibsdan keyin ozod qilindi, lekin hech qachon qaytib oʻziga kelolmagan. Uormbier 2017-yilda vafot etadi [6]

Fohishalik va bolalar nikohi

tahrir

Shimoliy Koreyada fohishalik noqonuniy hisoblanadi[7]. Biroq, hukumat yuqori martabali amaldorlarga jinsiy aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun Kippumjo nomi bilan tanilgan. Kippumjo taxminan 2000 ayolni ish bilan taʼminlashi xabar qilingan[8]. Mamlakat ichida odam savdosi ham keng tarqalgan; ayollar va qizlar koʻpincha chet elga, asosan Xitoyga sotiladi, u yerda ular majburiy fohishalik yoki majburan turmushga chiqariladi. Boshqalar Xitoyga bajonidil koʻchib oʻtishlari mumkin, faqat kelganida odam savdogarlari tomonidan oʻgʻirlab ketiladi[9].

Korrupsiya

tahrir

Shimoliy Koreyadagi korrupsiya mamlakatda keng tarqalgan va kuchayib borayotgan muammodir. U Transparency International tashkilotining 2012-yilgi Korruptsiyani idrok etish indeksida 176 mamlakat ichida 174-oʻrinni egallab, Somali va Afgʻoniston bilan oʻrrinni baham koʻrgan[10] va bu mamlakatni "yer yuzidagi „eng yomon“ davlatlardan biriga aylantirgan.  Rejim tomonidan, masalan, xorijiy ommaviy axborot vositalariga kirishga nisbatan qoʻllagan qatʼiy qoidalar va shafqatsiz jazolar odatda politsiyaga pora berish orqali chetlab oʻtiladi[11].

Manbalar

tahrir
  1. Hegarty, Stephanie. „North Korea: Defectors adjust to life abroad“. BBC News (2013-yil 22-aprel).
  2. The Reality of Civil and Political Rights“, White Paper on Human Rights in North Korea 2014. Korea Institute for National Unification, 2014 — 122–124-bet. ISBN 9788984797666. 
  3. 3,0 3,1 Yun, Minwoo „North Korea (Democratic People's Republic of Korea)“, . Crime and Punishment Around the World Newman: . ABC-CLIO, 2010 — 180-bet. ISBN 9780313351341. 
  4. „Kenneth Bae, American Detained In North Korea, Charged With Plot To Overthrow Regime“. Huffington Post (2013-yil 27-aprel).
  5. „The Cost of Stealing a Sign: 15 Years of Hard Labor“ (2016-yil 16-mart).
  6. „Otto Warmbier: US student sent home from North Korea dies“ (2017-yil 20-iyun).
  7. „DPRK FAQ“. Democratic People's Republic of Korea. 2008-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Becker, Jasper. „North Korea: At Home With the Kims“. Asia Times (2003-yil 11-oktyabr). 2003-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Clinton, Hillary Rodham (ed.). Trafficking in Persons Report, 10, DIANE Publishing, 2010 — 198–9-bet. ISBN 9781437937169. 
  10. „2012 Corruption Perceptions Index“. Transparency International. 2013-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-iyun.
  11. „A Quiet Opening: North Koreans in a Changing Media Environment“. InterMedia (2012-yil 10-may). 2012-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan.