Shin'ichirō Tomonaga

Tomonaga Sinʼitiro (1906.31.3 Kioto —1979.8.7) — yapon nazariyotchi fizigi. Kvant elektrodinamika asoschilaridan biri. Kioto universitetni tugatgan (1929). Fizika va kimyo ilmiy tadqiqot institutida ishlagan (1932-yildan). Oʻz bilimini Leypsig universitetida takomillashtirgan (1937—39). Tokio universiteti professor (1941-yildan). Ilmiy ishlari kvant elektrodinamika, maydon kvant nazariyasi, mezonlar nazariyasi, yadro fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va boshqalarga oid. Mezoatomlar mavjudligini bashorat qilgan (1940), kvantmexanik kollektiv harakat nazariyasi (1955) va boshqalarni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1965; R. Feynman va J. Shvinger bilan hamkorlikda)[1][2].

Shin'ichirō Tomonaga

ManbalarTahrirlash

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil