Shinelli yillar
"Shinelli yillar" — oʻzbek adabiyotining yirik namoyondasi Shuhrat qalamiga mansub roman. Bu adibning ijodidagi ilk romani boʻlib 1947-1957-yillar oraligʻida yozilgan. Adib asarida ikkinchi jahon urushi frontlarida orttirgan katta hayotiy tajribasi asosida oʻzbek xalqining urush davridagi jangovar hayoti, qahramonligi, vatanparvarligi, qiyinchiliklarga bardoshi, kelajakka umidi haqida hikoya qiladi.
2019-yilgi nashr jildi | |
Muallif(lar) | Shuhrat |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot |
|
Sahifalar soni |
|
ISBN | ISBN 978-9943-5285-0-5 |
Asar 1975-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 592 betli qattiq muqovada 60 000 nusxada nashr etilgan. 2019-yilda esa Adabiyot Uchqunlari nashriyotida 720 betli yumshoq muqovali Kirill Alifbosida nashr etildi.[1] So'nggi marta 2023-yilda Zukko Kitobxon nashriyotida 800 betli qattiq muqovali Lotin Alifbosida 2 000 nuxsada nashr etildi.
Sujet
tahrir„Shinelli yillar“ romanida bosh qahramon oʻzbek yigiti Elmurodning hayoti misolida urushning boshidan oxirigacha boʻlgan davrdagi xarakterli voqealar tasvirlangan. Roman voqeasi Oʻzbekistonda boshlanib, Volga boʻylarida, Kavkazda, Ukrainada va chet ellarda davom etadi. Voqea fashistlar Germaniyasi tor-mor qilingach, Elmurodning oʻz uyiga, tinch hayotga qaytishi bilan tugaydi. Asarda oʻzbek jangchisining insoniyat oldidagi tarixiy xizmatlari koʻrsatilgan.
Qahramonlari
tahrir- Elmurod
- Fotima
- Yoʻldosh
- Anna Ivanovna
- Dubenko
- Turdiyev
- Gorkunov
- Muharram
- Zebo
- Latofat
- Bondar
- Rakitin
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2021-12-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-12-28