Shinya Aoki (Yaponcha: 青木 真也, oʻqilishi: Aoki Shinʼya) – mashhur yapon aralash jang sanʼati (MMA) jangchisi va Braziliyacha jiu-jitsu boʻyicha qora belbogʻ sohibi. Ayni vaqtda ONE Championshipda janglar oʻtkazib keladi[4]. Aoki MMA janglarida oʻzining noyob uslubi va texnikasi bilan tanilgan. Shuningdek, koʻplab xalqaro turnirlarda ishtirok etgan va koʻplab chempionlik unvonlarini qoʻlga kiritgan.

Shinya Aoki

Aoki Shinya | © 2024 ONE Championship™
Tavalludi 9-may 1983-yil (1983-05-09) (41 yosh)
Shizuoka, Yaponiya[1]
Millati Yapon
Darajasi A-Daraja Shootist
3 dan qora belbog in Kosen Judo[2]
Braziliyacha Jiu-Jitsu da qora belbogʻ [3]
Faoliyat yillari 2003–hozirgacha
Aralash jang sanʼati ustasi qaydlari
Jami 60
Gʻalaba 48
Nokaut bilan 4
Hisob bilan 31
Qaror bilan 11
Chetlatish bilan 2
Magʻlubiyat 11
Nokaut bilan 9
Qaror bilan 2
Hisobsiz 1
Boshqa maʼlumotlar
Universitet Vaseda Universiteti
Jang sanʼati ustasi qaydlari Sherdog saytida

Shaxsiy hayoti

tahrir

Shinya Aoki Yaponiyaning Shizuoka shahrida tugʻilgan va yoshligidan sportga qiziqib kelgan. U dastlab Dzudo bilan shugʻullangan va birinchidan qora belbogʻ egasiga aylangan. Dzudodan orttirgan tajribasi va yutuqlari uni aralash jang sanʼati olamiga kirib kelishiga poydevor vazifasini bajargan. Aoki keyinchalik Braziliyaliyacha jiu-jitsu bilan shugʻullanishni boshlagan va uzoq yillar davomida Yaponiyaning mashhur jiu-jitsu ustalaridan biri boʻlgan Yuki Nakai qoʻl ostida taʼlim olgan. Ilk karyerasini politsiya ofitserligidan boshlagan Aoki, keyinchalik faoliyatini MMAda davom ettirgan[5].

Aoki oʻzining professional MMA karerasini 2003-yilda boshlagan. U tez orada oʻzining yuqori darajadagi grappling va submission texnikalari bilan tanilgan. Aoki koʻplab yirik MMA tashkilotlarida, jumladan DREAM, PRIDE Fighting Championships, Shooto va ONE Championshipda jang qilgan.

  • DREAM: Yengil vazn toifasida chempion
  • Shooto: Orta vazn toifasida chempion
  • ONE Championship: Yengil vazn toifasida chempion

ONE Championship

tahrir
 
One 165 | Shinya Aoki

DREAM va Shooto promouterligi tashkilotlarida muvaffaqiyatli janglaridan keyin Shinya Aoki 2012-yilda ONE Championship bilan shartnoma imzolaydi[6].

Aoki 2013-yilda ONEning yengil vazn toifasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan va bir necha marta oʻz kamarini himoya qilgan. Chempionlik vaqtida Aokining eng esda qolarli janglaridan biri 2015-yil 5-noyabrda oʻtkazilgan „ONE Championship: Pride of Lions“ kechasida Koji Andoga qarshi boʻlgan[7]. Ushbu jangda Aoki besh raund davomida oʻz ustunligini koʻrsatib, yakunda bir ovozdan hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongan.

Manbalar

tahrir
  1. „青木真也 (Shinya Aoki)“. jp.rizinff.com. Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  2. Mark Pickering. „Shinya Aoki returns to his roots“. International Judo Federation (2019-yil 22-iyul).
  3. „Shinya Aoki — Evolve MMA Singapore“. evolve-mma.com (2015-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  4. „Shinya “Tobikan Judan” Aoki“.
  5. „プロ格闘家でも逃れられない「学歴」の壁|静岡県警を2カ月で辞めた早大卒の青木真也が語る“.
  6. „Bibiano Fernandes and Shinya Aoki Sign for ONE FC: Possible Opponents for Debut“.
  7. „ONE Championship"PRIDE OF LIONS"“.