Shirataka (yaponcha: 白鷹町 Shirataka-machi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 29-fevral holatiga koʻra, shaharchada 4730 ta xonadonda 13482 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi 1 km² ga 85 kishini tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni 737,55 kvadrat kilometr (285 mi²).

Shirataka

白鷹町
Shaharcha
Skyline of Shirataka
Shirataka
Bayroq
38°10′59.1″N 140°5′54.8″E / 38.183083°N 140.098556°E / 38.183083; 140.098556
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 73,755 km2 (28,477 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil fevral)
13 482
Shirataka xaritada
Shirataka
Shirataka
Shiratakadan oqib oʻtuvchi Mogami daryosi

Geografiyasi

tahrir

Shirataka Yamagata prefekturasining janubida joylashgan boʻlib, shahar markazidan Mogami daryosi oqib oʻtadi. Asahi togʻlari shaharni sharq va gʻarb tomondan chegaralaydi.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Shirataka nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, oʻta issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish bu hudud uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan.

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Shirataka aholisi soʻnggi 60 yil ichida kamayib ketgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196024,772—    
197020,183−18.5%
198018,821−6.7%
199018,112−3.8%
200017,149−5.3%
201015,314−10.7%
202012,89−15.8%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Shirataka hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Nishiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Shirataka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan tashkil etilgan. U 1954-yil 1-oktyabrda qoʻshni Arata shahri va Higashine, Ayukai, Juo va Koguva qishloqlari bilan qoʻshilishi natijasida shahar maqomiga koʻtarilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Shirataka iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, asosiy ekini qulmoq hisoblanadi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Shiratakada toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  Yamagata temir yo'l kompaniyasi — Nagai guli liniyasi

  • Koguva — Ayukai — Shikinosato — Arato

Magistral yoʻl

tahrir
  • Milliy yoʻnalish 287
  • Milliy yoʻnalish 348

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir
  • Kannon-ji Kannon-do (muhim madaniy mulk)

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir