Shlomo Boroxov (1941-yilda tugʻilgan, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va Isroil shashkachisi, ikki karra Oʻzbekiston chempioni, Markaziy Osiyo chempioni, Isroil shashka federatsiyasi faxriy prezidenti.

Shlomo Boroxov
Tavalludi 1-may 1941-yil (1941-05-01) (83 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Isroil
Kasbi Sportchi, shashka ustasi

Biografiyasi

tahrir

Shlomo Boroxov 1941-yilda Samarqandda badavlat va boy Boroxov-Muloqandovlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Avraam Boroxov Sovet davrida muvaffaqiyatli tadbirkor boʻlgan va xayriya ishlari bilan ham shugʻullangan. Avraam Boroxov yahudiylar jamoasiga yordam bergan va qabristonlarni obod qilgan.

Shlomo Boroxov Samarqanddagi 37-maktabda tahsil olgan. Yoshligida shaxmat bilan shugʻullangan va Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida boʻlgan, biroq keyinchalik shashkaga oʻtgan. 1974-yilda u Isroilga koʻchib kelgan va u yerda shashka federatsiyasini tuzgan[1].

Sportdagi faoliyati

tahrir

1964-yilda SSSR jamoaviy chempionatida Shlomo taniqli shashkachilar – Valentin Abaulin, Yuriy Arustamov, Nikolay Abatsievga qarshi dona surib, sport ustasi normalarini bajargan. 1965-yilda u SSSR chempionatining yarim finalida ikkinchi oʻrinni egallagan, ammo finalda ishtirok etishdan bosh tortgan. 1966-yilda Boroxov Samarqanddagi viloyat Pionerlar saroyida bolalarga shshkadan dars bera boshlagan. 1969 va 1970-yillarda jahonning afsonaviy shashkachilari ishtirokida ikkita xalqaro turnir oʻtkazgan. Boroxov ikki marta Oʻzbekiston chempioni, 1972-yilda esa Oʻrta Osiyo chempioni boʻlgan va oʻsha yili Orenburgda boʻlib oʻtgan SSSR erkaklar chempionati finalida kuchli oʻntalikka kirgan.

Boroxov ikkita Yevropa chempionatida ishtirok etgan: 1977-yilda Bryusselda erkaklar oʻrtasidagi xalqaro shashka boʻyicha Yevropa chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan va 1978-yilda Tbilisida boʻlib oʻtgan Yevropa jamoaviy chempionatida Isroil jamoasi tarkibida bronza medalini qoʻlga kiritgan. (Isroil jamoasi faqat Gollandiya va SSSR jamoalariga yutqazgan) Yevropadagi oʻyinlar natijalariga koʻra u xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini olgan. 1988-yilda erkaklar oʻrtasidagi xalqaro shashka boʻyicha Isroil chempionatida u bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].

2009-yilda Shlomo Boroxov Isroil shashka federatsiyasining faxriy prezidenti etib saylangan[3].

Mehnat faoliyati

tahrir

Universitetni tamomlagach, Samarqanddagi oziq-ovqat texnikumida kimyo fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Isroilda Boroxov yogʻochni qayta ishlash zavodida kimyo muhandisi sifatida ishlay boshlagan va 1982-yilda zavodning bosh direktori boʻlgan. Boroxov zavodda 1987-yilgacha ishlagan. 1987—1990-yillarda „Polgat“ yirik toʻqimachilik konserni direktori boʻlib ishlagan. 1990-yilda u Sionistlar Forumining ijrochi direktori boʻlgan. 1996-yildan 2002-yilgacha Shlomo Isroilda yettinchi yirik sanoat taraqqiyot banki direktorlar kengashi raisi etib saylangan.

Bibliografiyasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Электронная еврейская энциклопедия, шашки“. 2019-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
  2. „Tournament Base“.
  3. „Федерация Шашек Израиля“. 2019-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.