Shoabdumalik ota maqbarasi — islom diniy markazi, Shoabdumalik ota maqbarasi va arxeologik yodgorligi (nomlanishi: Shoabdumalik-bobo, Shodmalik-ota) Toshkentdan Ohangaron yo‘li bo‘ylab, Oxangaron daryosi vodiysining o‘ng qirg‘og‘iga 40 km.ga yaqin joyda joylashgan.

Shoabdumalik ota ziyoratgohi

Maqbara tavsifi

tahrir

Shoabdumalik ota maqbarasi O‘rta Osiyo zamonaviy me’morchiligining o‘tmishdagi tarixiy qurilish an’analari bilan uyg‘unlashtirish, ularni bugungi kun eng ilg‘or texnologiyalari bilan birlashtirishning yorqin namunasidir. Tepalik qiyasida qad rostlagan bino poytaxtdan Farg‘ona vodiysiga olib boruvchi gavjum avtomobil yo‘lida joylashgani, afsonaviy Ipak yo‘lining tarixiy bo‘lagi uzoqdan ko‘zni qamashtiradi.

Maqbara interyeri

tahrir

Binoning birinchi kirish xonasi ziyoratxona baland gumbaz bilan o‘ralgan. Ichki tomonida gumbaz nog‘orasi bo‘ylab sharqona o‘ymakorlik epigrafiyasi namunalari bor.  

An’anaviy "zanjirband" naqshining uch qirrali ganch o‘ymakorligi texnikasi ranglar uyg‘unligi bois naqsh bezaklari harakatlanayotgan effektini beradi. Ziyoratxona dizayni qizil va ko‘k ranglarning qorishig‘i bilan yaratilgan. Mazkur ziyoratxonaning yon tomonlarida uchta dumaloq sharqona ustunlarga ega — ayvonlar mavjud.  

Ular an’anaviy shaklga ega bo‘lib, uch qismdan iborat: tahkursi (tayanch),  poyustun (ustun tagi) va salla (ustun boshi), silliq yumaloq ko‘za shaklini beruvchi konturlar, xalq orasida kuzagi deb ataladi. Ularning sharsimon bo‘limlari sholg‘omning yassilangan shakliga ega bo‘lib, ular shalgas deb yuritiladi. Ayvondan butun atrof manzarasini tomosha qilsa bo‘ladi.

Binoning ikkinchi qismi, binoni sinch devor bilan ziyoratxonadan ajrattan va birinchi bino tokchaband uslubda bezatilgan, — bu go‘rxona,  ikki va uch qismli sag‘analardan iborat.  

Shoabdumalik ota shaxsiyati

tahrir

Molik Abdulloh Ahmad Qulmuhammad ibn Qodir bini Korahoniy Iloqi 9 00 yil mobaynida qabri muqaddas qadamjo sanalib, Yassaviy izidan borib,so‘fiylik ta’limoti bilan shug‘ullangan.  

Xalq uni Shoabdumalik ota deb ataydi. U taxminan XII  asr oxiri — XIII asr boshlarida yashab o‘tadi. O‘lim sanasi – 1203-yil. U Buxoroda tahsil olgan, so‘fiylik asoslarini o‘rgangan va shu yo‘ldan borgan, Yusuf Hamadoniy ta’limotini asos qilib olgan, bir qancha sharq tillarini yaxshi o‘zlashtirgan. U turkiy va fors tillarida o‘z asarlarini yozadi. U falsafa, mantiqdan saboq bersa ham, mineralogiyani juda yaxshi bilgan. Bugungi kunda uning asarlari saqlanib qolmagan. Ammo uning XX asrning 30-yillarida yo‘q bo‘lib ketgan ajoyib kutubxonasi izlash hamon davom etmoqda. Shoabdumalik ota maqbarasi davlat ahamiyatiga molik me’moriy yodgorlik hisoblanadi. O‘tmishda bu yerda karvonsaroy, madrasa, kutubxona, laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatgan.

Qurilish tarixi

tahrir

Toshkent viloyati “Oltin meros” jamg‘armasi raisi – Zarifa Arabboyevna Eshmirzayeva tashabbusi bilan Shoabdumalik ota xotirasini abadiylashtirish niyatida ushbu maskanda maqbara barpo etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatiladi. Bu maqbaraning qurilishiga yetti yildan ortiq vaqt sarflanadi. Ushbu maqbara loyihasi muallifi Muhammad Foziliy jamg‘armaning bosh me’moridir.

Yozma manbalar

tahrir

Arab geograflari tomonidan ko‘plab yozma manbalarda eslatib o‘tilgan asosiy Iloq poytaxti yo‘li Nuketdan janubi-sharqiy yo‘nalishda chiqib ketgan. Bu yo‘ldan biroz shimolda, Nuravshon shahridan taxminan 15 kilometr janubi-sharqda, soylardan birining tog‘ etagidan chiqish joyida Shayx Shoabdumalik ota nomi bilan bog‘liq mozor bor. “Rashahat”da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Abdulmalik bobo o‘z vaqtida Toshkent viloyatida mashhur bo‘lgan, Zangi ota laqabli (1258 yilda vafot etgan) shayxning bobosi va birinchi murid hazrat Ahmadning o‘g‘li Mansur otaning o‘g‘li bo‘lgan. Yassaviy (XII asrning mashhur shayxi, maqbarasi Turkiston shahrida qad rostlab turibdi). Demak, Shoabdumalik bundan qariyb 900 yil avval yashagan degan rivoyat asosga ega.

Bugungi kundagi Shoabdumalik ota maqbarasi

tahrir

Qadimgi Shoabdumalik ota arxeologik yodgorligi (variantlari: Shoabdumalik-bobo, Shodmalik-ota) mozorning janubi-sharqida joylashgan aholi turar-joyi sifatida belgilangan.  

Bu yerda uzoq yillar o‘zboshimchalik bilan shudgorlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish ishlari olib borilgan. Toshkent viloyati “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi bo‘limi tashabbusi va moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya tadqiqotlari instituti qo‘shma jamoasi (rahbari katta ilmiy xodim S.R.Ilyosov) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti (ilmiy tadqiqotchi E.F.Vulfert.) tomonidan 2018-yilda bu yerda kichik qidiruv ishlari boshlanib, bir qancha chuqur va ikkita qazish ishlari olib boriladi va 2019-yilda bu qazishmalar yana qayta davom ettiriladi.  

Arxeologik qazishmalar natijasida Qoraxoniylar davriga (X-XI asrlar) tegishli turar-joy majmuasi topiladi. Ushbu yodgorlikni saqlash uchun umumiy maydoni 200m² Toshkent viloyatidagi qadimiy arxeologik yodgorlikning birinchi qazish ishlarining ustiga qoplama yopiladi.  

Bugungi kunda “Shodmalik ota” majmuasi sayyohlik maskanig aylantirilib, u Shodmalik ota maqbarasi, arxeologik yodgorlik – ochiq osmon ostidagi muzey va stasionar arxeologik bazani o‘z ichiga oladi. Kelgusida “Shodmalik ota” majmuasi negizida arxeologiya muzeyi barpo etish rejalashtirilgan

Adabiyot va manbalar

tahrir
  1. Masson M. E. Oxangeran. Arxeologik va topologik ocherk Toshkent, 1953 yil
  2. Eshmirzaeva Z.A. Shosh va Ilak yo'llari bo'ylab. Toshkent, 2019 yil
  3. Razzoqov A. Oxangaron gavharlari. Oltin meros matbuoti. T. 2019.
  4. Toshkent viloyati. Buklet kartasi. “Oltin meros” ordeni T. 2019 yil.
  5. Toshkent viloyati, Oxangaron tumani. “Shoabdumalik ota” maqbarasi XII asr. 2009-2017 yillar.
  6. https://meros.uz/uzc/object/shodmalik-ota
  7. https://kun.uz/news/2019/12/09/shoabdumalik-ota-yodgorligi-toshkent-viloyatida-orab-olingan-arxeologik-yodgorlikning-birinchisi-boldi-fa
  8. https://mytashkent.uz/2019/12/12/eshhe-odin-muzej-pod-otkrytym-nebom/
  9. http://academy.uz
  10. https://www.exquisite-art.com/ru/katalog/khudozhniki/mukhammad-fozili-uzbekistan.html
  11. https://top.uz/company