Shodmonqul Salom (toʻliq ismi: Shodmonqul Salomov; 1980-yil 23-dekabr Qumqoʻrgʻon, Oʻzbekiston SSR) — shoir[1][2], publitsist, nosir va muharrir[3]. Shuningdek, shoir „Doʻstlik“ ordeni sohibi[4], Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[5][6][7].

Shodmonqul Salomov
Tavalludi 23-dekabr 1980-yil (1980-12-23) (44 yosh)
Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Termiz davlat universiteti
Oʻzbekiston Milliy universiteti
Mashhur ishlari „Yurak iqlimi“
„Koʻngil kitobi“
„Borligini bilganlar“
„Oqqapchigʻay toʻlqinlari“
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

Shodmonqul Salom 1980-yil 23-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tuman, Ketmonchi qishlogʻida tugʻilgan[8]. 2003-yil Termiz davlat universitetining Kimyo fakultetini tugatgan[9]. 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Qarshidagi Oliy adabiyot kursida oʻqigan.

Faoliyati

tahrir

„Turkiston“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Chagʻoniyon“ gazetalari, „Saodat“, „Fermer“ jurnallari va „Kitob dunyosi“ gazetalarida faoliyat koʻrsatgan[10]. Hozirda „Maʼnaviy hayot“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlaydi.

Shodmonqul Salomning „Yurak iqlimi“ (2004), „Koʻngil kitobi“ (2011), „Borligini bilganlar“ (2013), „Koʻngil obidasiga yoʻl“ (nasriy. 2018-yil), „Sheʼr sayyorasi“ (2021), „Tongning iqbolini tilarmen“ kabi kitoblari nashr etilgan. Sheʼrlari turk, rus, tojik, qozoq, qirgʻiz tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan.

2013-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Asarlari

tahrir

Shoirning „Yurak iqlimi“, „Koʻngli kitobi“, „Borligini bilganlar“, „Koʻngil obidasiga yoʻl“, „Sheʼr sayyorasi“, „Tongning iqbolini tilarmen“ kabi sheʼriy asarlari mavjud.

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi Obraz Izoh
2023 Abdulla Oripov Abdulla Oripovning yigitlik va oʻrta yosh paytlari [11]

Manbalar

tahrir
  1. „Shodmonqul Salom. Yangi she’rlar & Shoir Shodmonqul Salom «Azizim, Hayot!» teleloyihasida (2019) | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  2. Kizi, Dinora Karimboyeva Rustam; Allambergenov, Hamza (2020-12-31). "THE ART OF TASBEEH IN THE POETRY OF SHODMONKUL SALOM" (en). ResearchJet Journal of Analysis and Inventions 1 (01): 40–42. ISSN 2776-0960. https://reserchjet.academiascience.org/index.php/rjai/article/view/9. 
  3. „Janub quyoshi taftida ulg‘ayganlar: Shodmonqul Salom. She’rlar | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  4. „АҚШда ўзбек шоири Абдулла Орипов ҳақида филм суратга олинмоқда“ (uz-Cyrl). Газета.uz (2022-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  5. „Rost24 - ShODMONQUL SALOM:Har bir xalq uchun o`z tili aziz va muqaddas“ (oz). Rost24. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  6. uza.uz „Бугун туғилган кун“ (uz). Uza.uz (2019-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  7. „Шерали бобо суҳбати“ (uz-UZ). HURRIYAT (2023-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  8. Baxtiyor „Shodmonqul Salom haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol“ (ru-RU). Sirlar.uz (2021-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  9. „Шодмонқул Салом (1980)“ (ru-RU). www.ziyouz.uz (2014-yil 27-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  10. Davronbek „Shodmonqul Salom (1980)“ (ru-ru). ziyouz.com (2014-yil 28-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  11. Iqbol Qo‘shshayeva. „“Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib…”. “Abdulla Oripov” filmi haqida“. Gazeta.uz (2024-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.

Havolalar

tahrir

Shodmonqul Salom. She’rlar (Wayback Machine saytida 2023-09-21 sanasida arxivlangan) qaraldi: 10.08.2023

Shodmonqul Salom. Ehtirom qaraldi: 10.08.2023