Shoh Tahmaspning Shohnomasi
Shoh Tahmaspning Shohnomasi (forscha: شاهنامه شاهطهماسب) – Buyuk Eron milliy eposi boʻlgan „Shohnoma“ ning eng mashhur tasvirlangan qoʻlyozmalaridan biri va fors miniatyurasi sanʼatining yuksak naʼmunasidir. Bu, ehtimol, hozirgacha ishlab chiqarilgan matnning, eng toʻliq tasvirlangan qoʻlyozmasi boʻlishi ham mumkin. Yaratilganda qoʻlyozma 759 sahifadan iborat boʻlib, ulardan 258 tasi miniatyuradir. Bu miniatyuralar hukmdorlar Shoh Ismoil I va Shoh Tahmasp I davrida Tabrizdagi qirollik ustaxonasi rassomlari tomonidan qoʻlda chizilgan. U tugallangach, „Shohnoma“ 1568-yilda Usmonli sultoni Salim II ga sovgʻa qilingan. Sahifa hajmi taxminan 48 x 32 sm boʻlib, matn eng yuqori sifatda, nastaʼliq yozuvida yozilgan. Qoʻlyozma 1970-yillarda parchalanib ketgan va sahifalari hozir butun dunyo boʻylab turli toʻplamlarda saqlanmoqda[1].
-
Tahmasp I ning yagona ishonarli „portreti“. Farrux beg tomonidan chizilgan va uni bir paytlar koʻrgan boʻlishi mumkin.
-
Zahhokning oʻlimi.
-
"Taqdir kemasi (shialik kemasi)" masali.
-
Dust Muhammad, Haftvad va Qurt Qissasi.
-
Farishta Surush Xusrav Parvizni qutqarishi
Manbalar
tahrir- ↑ Leoni. „The Shahnama of Shah Tahmasp: Heilbrunn Template of Art History“. Metropolitan Museum of Art. Qaraldi: 2016-yil 13-fevral.