Katta Eron yoki Buyuk Eron (fors. ایران بزرگ‎ - Iran-e bozorg; fors. ایران‌زمین‎ - Iranzamin) — tarixiy, madaniy, diniy va siyosiy oʻlka. «Katta» yoki «Buyuk» oʻlkasi quyidagi hududlarni oʻz ichiga oladi: hozirgi Eronning hududi, gʻarbiy va shimoliy Iroq, shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, sharqiy, shimoliy va janubiy Gurjiston, Afgʻoniston, gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoliy Pokiston, Tojikiston, janubiy va gʻarbiy Qirgʻiziston, janubi-gʻarbiy va janubiy Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor tumani janubi va gʻarbi, Rossiyaning Dogʻiston, Checheniston, Ingushiya va Shimoliy Osetiya hududlari.

«Katta Eron» oʻlkasiga kiruvchi hududlar

ХIХ asrdan to hozirgacha eronshunosligida ham «Katta Eron» ham «Eron» atamalari ishlatilib kelinadi. Shuningdek «Buyuk Eron» va «Eron madaniy oʻlkasi» kabi atamalar ham uchrab turadi. «Katta Eron» oʻlkasi hozirgi siyosiy jabhadan tubdan farq qilib, faqat tarixiy, madaniy va diniy birlikka ishora qiladi. «Katta Eron» oʻlkasi tarixi Sosoniylarning ushbu oʻlkaga kiruvchi hududlarini bosib olib Sosoniylar davlatiga asos solinganida boshlangan va boshqa sulolalar tomonidan davom ettirilgan. Forslar ushbu hududlarni egallab olishgani bilan ular oʻz dini, tili va madaniyatini mahalliy xalqlarga singdirishgan. Asrlar osha ushbu xalqlar va hududlar juda qalin hamkorlikda boʻlishgan.

Oʻlkaga kiruvchi hududlar

tahrir

Qadimda

tahrir

Hozirgi paytda

tahrir

Manbalar

tahrir