Shohjahon Abdullayev
Shohjahon Abdullayev Qahramonjon oʻgʻli (2002-yil 17 iyun, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek havaskor va professional bokschisi, yengil, birinchi ogʻir va ogʻir vazn toifalarida ringga tushadi. O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, O‘zbekiston chempioni (2022), yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bronza medali sovrindori (2021), yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni (2019), jahon chempionati (2021) ishtirokchisi.
Shohjahon Abdullayev | |
---|---|
Statistikasi | |
Asl ismi | Shohjahon Abdullayev Qahramonjon oʻgʻli |
Vazn toifasi |
Oʻrta ogʻir (81 kg gacha) Birinchi ogʻir (86 kg gacha) Ogʻir (92 kg gacha) |
Fuqaroligi | |
Millati | oʻzbek |
Tavalludi |
2002-yil 17 iyun Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston |
Havaskor faoliyati | |
Havaskorlik janglari | 14 |
Havaskorlik gʻalabalari | 5 |
Magʻlubiyatlari | 9 |
Professional faoliyati | |
Birinchi jangi | 2022-yil 6-avgust |
Musobaqadan tashqari | 0/1 |
Janglari soni | 1 |
Hayoti
tahrirShohjaxon Abdullayev 2002-yil 17-iyunda Oʻzbekistonning Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan.
Havaskorlik faoliyati
tahrir2019—2020-yillar
tahrir2019-yilning noyabr oyida Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) 81 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘ldi[1], finalda xitoylik Xalimulati Rehemandani mag‘lub etdi[2].
2020-yilda COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlandi, Oʻzbekistonda va butun Osiyoda kuchga kirgan qattiq rejimli koronavirus karantini esa raqobat amaliyotining pasayishiga olib keldi.
2021—2022-yillar
tahrir2021-yilning aprel oyida Kielceda (Polsha) Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati 81 kg gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali sovrindori bo‘ldi[3], yarim finalda chernogoriyalik bokschi Petar Leshevichga yutqazdi[4].
2021-yil oktyabr oyi oxirida Belgradda (Serbiya) jahon chempionatida 86 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Musobaqaning 1/16 finalida muddatidan oldin 2-raundda belgiyalik bokschi Viktor Shelstratga yutqazdi[5][6] va yakunda 2021-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi[7].
2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 86 kg vazn toifasida ishtirok etib, chorak finalda hakamlarning ikkiga boʻlingan qarori bilan (hisob: 2:3) iordaniyalik tajribali Odai Riyad Al-Hindaviga yutqazib qoʻyadi[8]. Natijada u 2022-yilgi Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi.
Bokdchi 2022-yilning dekabr oyida 86 kg vazn toifasida finalda Temurxon Sobirovni mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni bo‘ldi[9].
2023-yil
tahrirShohjahon 2023-yil fevral oyi ‚‚Stranja‘‘ turnirida 86 kg vazn toifasida gʻoliblikka erishdi. Sofiya (Bolgariya) shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada bokschi yarim finalda gruziyalik tajribali Giorgi Kushitashvilini, finalda esa italiyalik Vincenzo Lizzini mag‘lub etdi[10][11].
Professional faoliyati
tahrir2022-yil 6-avgustda Yekaterinburgda (Rossiya) professional ringdagi debyutini oʻtkazdi. Og‘ir vazn toifasida (90,72 kg dan yuqori) 4 raundlik jangda tajribali rus-germaniyalik Skobenkoga (5:12) yutqazdi. 4-raundda Abdullayev nokdaunga uchradi[12].
Professional jangi statistikasi
tahrirJadvalda barcha boks uchrashuvlari natijalari keltirilgan. Har bir satr duel natijasini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, oʻyin raqami oʻyin natijasini ko'rsatadigan rang bilan ko'rsatiladi. Belgilar va ranglarning dekodlanishi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Namuna | Shifr |
---|---|
Gʻalaba | |
Durrang | |
Magʻlubiyat | |
Rejalashtirilgan duel | |
Jang haqiqiy emas deb topildi | |
КО | Nokaut |
ТКО | Texnik nokaut |
UD, PTS | Hakamlarning bir ovozdan qarori |
MD | Koʻpchilikning qarori |
SD | Hakamlarning alohida qarori |
RTD | Jangni davom ettirishdan bosh tortish |
DQ | Diskvalifikatsiya |
NC | Jang haqiqiy emas deb topildi |
1 jang, 0 gʻalaba (0 nokaut), 1 magʻlubiyat. | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 0-1 | 2022-yil 6-avgust | German Skobenko (5-12-2) | RCC, Yekaterinburg, Sverdlov viloyati, Rossiya | Hakamlar bahosi: 36-39, 37-38 (ikki marta). 4-raundda Abdullayev nokdaunga uchradi. Professional boksdagi debyut. |
Manbalar
tahrir- ↑ „Боксеры Узбекистана на чемпионате Азии завоевали 14 медалей“ (ru). «Sputnik». (2019-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
- ↑ „ASBC Asian Youth Men and Women Boxing Championships. Ulaanbaatar 2019“ (en). Amateur-boxing.strefa.pl. Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
- ↑ „Боксёры Узбекистана завоевали 10 медалей на молодёжном чемпионате мира“ (ru). «Газета.uz» (2021-yil 24-aprel). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
- ↑ „Youth Men's and Women's World Boxing Championships 2021“ (en). Amateur-boxing.strefa.pl. Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
- ↑ „Чемпионат мира по боксу 2021: результаты третьего дня“ (ru). vRINGe.com (2021-yil 28-oktyabr). 2022-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-may.
- ↑ „Узбекского боксера начисто вырубили на чемпионате мира в Белграде. Видео нокаута“ (ru). Sports.kz (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
- ↑ „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 4 ноября, полуфиналы, дневная сессия“ (ru). vRINGe.com (2021-yil 4-noyabr). 2021-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-may.
- ↑ „Узбекистан понес десятую потерю на ЧА-2022 по боксу“ (ru). Sports.kz (2022-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
- ↑ „Завершился Чемпионат Республики Узбекистан по боксу среди мужчин“ (ru). OlympicBoxing.uz (2022-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
- ↑ „74th International Boxing Tournament «STRANDJA» 2023. Cruiserweight (M86 kg)“ (en). Strandja2023.bgboxing.org. Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
- ↑ „Армения завоевала 4 медали на Кубке Странджа 2023“ (rus). VaheSport.ru (2023-yil 27-fevral). Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
- ↑ „Шохжахон Абдуллаев неудачно начал профессиональную карьеру“ (ru). Darakchi.uz (2022-yil 7-avgust). Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
Havolalar
tahrir- [1] — Sports.kz saytidagi yangiliklarda
- „Amateur Boxing — Shokhjakhon Abdullaev“ (en). The-Sports.org. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
- Shokhjakhon Abdullaev — Tapology.com saytidagi profili