Shoiru, sheʼru shuur

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan maqola, adabiy oʻy, sheʼriyat talqini va safar xotiralari toʻplami

„Shoiru, sheʼru shuur“, toʻliq nomi „Shoiru, sheʼru shuur: Adabiy oʻylar“ (ayrim manbalarda „Shoiru, sheʼru shuur: Adabiy esselar“) — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub nasriy asarlar toʻplami.[1] 1987-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga shoir turli yillarda yozgan maqolalar, adabiy oʻylar, oʻzbek mumtoz sheʼriyati talqinlari, boshqa ijodkorlar haqida mulohazalar hamda safar xotiralari kiritilgan.

Shoiru, sheʼru shuur: Adabiy oʻylar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i maqolalar, adabiy oʻylar, sheʼriyat talqinlari, safar xotiralari
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1987
Sahifalar soni 224

Toʻplam nomi Vohidov 1967-yil yozgan va „To tirikdirki tabiat“ misrasi bilan boshlanuvchi sheʼrdan olingan. Shu sababdan asarning boshida sheʼrning Vohidovning oʻzi yozgan qoʻlyozmasi keltirilgan. Toʻplam boshida Vohidovning tarjimai holi keltirilgan. Unga kiritilgan maqola va mulohazalar „Soʻz qadri“, „Qarzdorlik“, „Talqinlar“, „Ostonada turgan isteʼdod“, „Bahs“ hamda „Yoʻllar va oʻylar“ boʻlimlariga boʻlingan.

Manbalar

tahrir
  1. Yusupova, S. „Soʻz durlarin termoqdir ishi: Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bibliografik sharh“. Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi (2016). Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.

Havolalar

tahrir