Shoista Mullajonova
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mullajonova Shoista Rubinovna (1925.3.9, Dushanba) — opera xonandasi (lirik soprano), Tojikiston xalq artisti (1957). Nihoyatda keng nafasli, kuchli, ayni paytda oʻziga xos va yoqimli ovoz sohibasi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953). 1941—43 yillar (yana 1958-yildan) Tojik filarmoniyasida, 1944—58 yillar Tojik opera va balet teatrida ishlagan. Eng yaxshi partiyalari: Mohim (Lenskiy, "Tohir va Zuhra"), Guluzor (Balasanyan, "Vose qoʻzgʻoloni"), Marfa (Rimskiy—Korsakov, "Shoh qayligʻi"), Gulchehra (U. Hojibekov, "Arshin mololon") va boshqa M. tojik xalq qoʻshiklari, Tojikiston va Oʻzbekiston kompozitorlarining asarlari va boshqa xalqlar qoʻshiklarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |