Shokir Axmedov (1943.25.2, Toshkent) — baletmeyster. Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtini (1962), Moskva davlat teatr san’ati institutining baletmeysterlik fakultetini (1972) tugatgan. 1962—65 yillar Oʻzbek davlat Katta ashula va raqs ansamblida, 1972—74 yillar "Shodlik" ansamblida, 1974-yildan Muqimiy teatrida bosh baletmeyster. Axmedov sahnalashtirgan eng yaxshi raqslar: "Er-kaklar katta raksi", "Uchrashuv"; spek-takllarda — "Jonim fido", "Nurxon", "Arshin mol olon", "Super qaynona", "Dilafroʻzga toʻrt oshiq", "Taqdir", "Ur, toʻqmoq!", "Paranji sirlari" va boshqa Axmedov Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tantanali bayramlarda bosh baletmeyster sifatida ishtirok etgan. Raqslarida zamonaviy-ijtimoiy ruh asosiy oʻrin tutadi. Mumtoz raqslarga ham yangicha sayqal berish, doimo originallikka, oʻziga xos raqslar yaratishga intilish Axmedov ijodiga xosdir.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil