Shomurotovlar uy-muzeyi
Shomurotovlar uy-muzeyi — 1999-yil (baʼzi manbalarda 1998-yil)da Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida ochilgan uy-muzey. Amet va Oyimxon Shomuratovalarning xususiy uy-muzeyi sifatida ochilgan muzeyda ularning faoliyatiga bilan bogʻliq qimmatli eksponatlar saqlanadi. Uy-muzeyga Amet va Oyimxon Shomurotovalarning qizi Oyimgul Shomurotova rahbarlik qilib keladi[1][2].
Shomurotovlar uy muzeyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Muzey |
Manzili | N. Sarayeva koʻchasi, 29-uy |
Shahar | Nukus |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston |
Koordinatalar | 42°28′04″N 59°36′41″E / 42.46769278450141°N 59.611355142359265°E |
Qurilishi tugagan | 1999-yil |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Binoning ichki maydoni | 12 sotix |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Tuybaldiev Sultamurat |
Ochilish tarixi va faoliyati
tahrir1993-yilda Oyimxon Shomuratova vafot etganidan keyin uning farzandlar uy-muzey ochishga qaror qilishgan. Qoraqolpogʻiston Avtonom Respublikasi hukumati rahbarlaridan biri boʻlgan Ubbiniyaz Ashirbekov tomonidan 12 sotix yer uy-muzey qurilishi uchun ajratilgan. Qurilish ishlariga Shomurotovlarning kuyovi Tuybaldiev Sultamurat rahbarlik qilgan. Shomurutovning uy-muzeyi qurilishida Sultamurat Taubaldievning mehnatini aks etgan alohida hujjatli film ham suratga olingan va „Taqdir sinovlari“ nomli asar ham yozilgan. Asar 2012-yili Toshkentda nashr etilgan[3].
Xususiy uy-muzeyi 1999-yili ochilgan boʻlib, Amet Shomurotov (1912—1953) — shoir, yozuvchi va dramaturg edi. Rafiqasi Oyimxon Shomuratova (1917—1993) xalq artisti unvonini olgan va Qoraqalpogʻiston tarixida teatr sahnasiga chiqqan birinchi ayol sanʼatkorlardan biri boʻlgan. Bu shaxslar XX asr qoraqalpoq madaniyatining rivojida muhim oʻrin tutishadi.
Muzey kolleksiyasida juftlikning shaxsiy buyumlari, jumladan: fotosuratlar, sahna liboslari, kitoblari, qoʻlyozmalar va ularning faoliyatiga oid buyumlar saqlanadi. Muzeyda mashhur rassomlar: Madgazin, Matevosyan, Berdimuratovlar va boshqalarning asarlari ham mavjud boʻlib, bundan tashqari qoraqalpogʻistonlik mashhur yozuvchilari, sanʼatkor va davlat arboblarining fotohujjatlari ham saqlanadi. Shuningdek, muzeyda Oyimxon Shomuratova tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlarni tinglash imkoniyati ham yoʻlga qoʻyilgan.
2019-yilda Shomurotovlar uy-muzeyi ochilganligining 20 yilligi keng nishonlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ uza.uz „Taniqli ijodkorlar xotirasiga bagʻishlandi“ (uz). Uza.uz (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' ma'mleketlik hu'kimet portali'“. karakalpakstan.uz. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Презентация на тему: "ÒZBEKSTAN MAMLEKETLIK KORKEM ÒNER HÀM MÀDENIYAT INSTITUTI NÒKIS FILIALI MÁDENIYAT HÁM KÒRKEM ÒNER MEKEMELERIN SHÒLKEMLESTIRIW HÀM BASQARIW QÀNIYGELIGI.". Скачать бесплатно и без регистрации.“ (ru). www.myshared.ru. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Amet ha’m Ayimxan Shamuratovlar uy-muzeyi 20-jilligi“. Shamuratov's. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.