Johann Strauss II
Johann Strauss II (1825.25.10Vena1899.3.6) - ommaviy raqs musiqasi va operetta janri ustasi. 1844-yildan oʻzi tashkil etgan konsert ansambli (keyinchalik orkestr) rahbari sifaggida Yevropa mamlakatlari va AQShda gastrolda boʻlgan. Sh. venacha vals ("Goʻzal moviy Dunayda", "Vena oʻrmoni ertaklari", "Ming bir kecha", "Bahor ovozlari" va boshqalar; jami 150 dan ortiq), venacha "raqsli" operetta ("Indigo va 40 qaroqchi", 1871; "Koʻrshapalak", 1874; "Loʻlilar baroni", 1885 va boshqalar; jami 16 ta) larning mumtoz namunalarini yaratgan. Eng yaxshi vals, polka va boshqalar kuylari Avstriyada xalq asarlariga aylangan. Sh. valslari, "Forscha marsh"i va boshqalar asarlari Oʻzbekistonda ham ommaviylashgan; "Zavqli urush" operettasi Toshkent operetta teatrida sahnalashtirilgan (1979). shahrining otasi — Shtraus Iogann (1804.14.3 — Vena — 1849.25.9) ham raqs musiqasi ustasi sifatida shuhrat qozongan. yil Lanner bilan birga valsning yangi (turkumli "venacha vals") turini yaratib, "vals qiroli" nomiga sazovor boʻlgan. U, shuningdek, turli raqs asarlari (galop, kadril va boshqalar), marshlar muallifidir.
Johann Strauss II | |
---|---|
Tavalludi | 25-oktyabr 1825[1][2] |
Vafoti | 3-iyun 1899[1][2] |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi[2] va Cisleithania[2] |
Otasi | Johann Strauss I[2] |
Onasi | Maria Anna Streim |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |