Shuhrat Ravshanovich Abdumalikov (1970.21.1, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999). M. Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1995). 1991-yildan Rus yosh tomoshabinlar teatri (hozirgi Oʻzbekiston yoshlari teatrida, 1997-yildan Abdumalikov Hidoyatov nomidagi teatrda bosh rassom. Rus yosh tomoshabinlar teatri („Sohil boʻylab chopayotgan olapar“, 1993, Chingiz Aytmatov asari asosida; „Alvongul“ ertak spektakli, 1993 va boshqalar) hamda Abdumalikov Hidoyatov teatri („Navroʻza“, 1998 va boshqalar) spektallari uchun asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi. Abdumalikovning badiiy mahorati ayniqsa „Sharq taronalari“ 1 — 2 xalqaro musiqa festivallari (1997, 1999)ga yaratgan sahna bezaklarida namo-yon boʻldi. Toshkent sanʼat instituti (1995-yildan), hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida (1997-yildan) katta oʻqituvchi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil