Shuja al-Xorazmiy, shuningdek Ummu Jaʼfar (arabcha: أم جعفر) yoki Ummu al-Mutavakkil (arabcha: أم المتوكل) sakkizinchi Abbosiy xalifa Muʼtasimning ummu al-valadi va Mutavakkilning onasi.

Shuja
شجاع
‎‎Abbosiy xalifaning ummu al-valadi
Davri 822 — 842-yil 5-yanvar
Tugʻilishi Xorazm, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 861-yil iyun/iyul
Samarra, Abbosiylar xalifaligi
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi Muʼtasim
Farzandlari Mutavakkil
Toʻliq nomi
Shuja ummu Jaʼfar al-Mutavakkil
Dini Islom
Kasbi Yer egasi

Shuja Abbosiy shahzodasi Muhammadning kanizagi boʻlgan. 819/820-yilda haramga kirgan. Shujani Abu Isʼhoq Muhammad ibn Horun kanizaklikka olguniga qadar Abbosiylar xonadonida ulgʻaygan. U oqsoqol Musa ibn Bugʻa bilan qarindosh boʻlgan[1]. Ismi jasur va qoʻrqmas degan maʼnoni anglatadi. Muhammadning oʻgʻli Jaʼfarni (boʻlajak Mutavakkil) dunyoga keltirgan.

Mutavakkil 822-yil fevral/martda Abbosiy shahzodasi Abu Isʼhoq Muhammad (boʻlajak Muʼtasim) va xorazmlik kanizak Shujadan tugʻilgan[2][3].

Shujaning yoshlik davri noaniq. Chunki Mutavakkilning yoshlik davri ham noaniq. Buning sababi Mutavakkil 847-yil avgustida katta akasi Vosiq vafotigacha siyosiy ishlarda hech qanday rol oʻynamagan[2]. Oʻgʻli xalifa boʻlgach, onasi Shujaga 500 000 dinor va bir qancha yerdan iborat moliyaviy kuch bergan. Manbalarda bu ayolning siyosiy kuchga ega boʻlgani haqida maʼlumotlar yoʻq[4]. Oʻgʻli xalifa boʻlganidan koʻp oʻtmay Shuja haj safariga chiqishga qaror qilgan.

Shuja haj safarida koʻplab saxiyliklar qilgan. Mutavakkil onasi bilan xayrlashish uchun safar boshida hamrohlik qilgan. Shuja Kufaga yetib kelgach, Abbosiylar (Abbos avlodlari) va tolibiy erkaklarning (Abu Tolib avlodlari) har biriga ming dinordan, har bir ayolga besh yuz dinordan, Muhojirin qabilasidan esa har bir erkak yuz dinordan, har bir ayol esa oʻn dinordan olishi haqida buyruq bergan. Bu yerda Shuja ellik ming dinordan ortiq mablagʻ va bir million dinordan ortiqqa baholanadigan taqinchoqlar qoldirgan[5].

Shuja 861-yil iyun/iyulda vafot etgan[3]. Uning boyligi nabiralariga meros qolgan.

Oilasi

tahrir

Shuja bir nechta muhim Abbosiy xalifa va shahzodalariga qarindosh boʻlgan:

T/R Abbosiylar Qarindoshlik
1. Mutavakkil Oʻgʻli
2. Muntasir[6] Katta nabirasi
3. Muvaffaq Nabirasi
4. Muʼtamid[7] Nabirasi
5. Muʼtazz Kichik nabirasi
6. Ismoil Nabirasi
7. Muʼayyad Nabirasi
8. Farida Kelini

Manbalar

tahrir
  1. Gordon, Matthew S.. The Breaking of a Thousand Swords: A History of the Turkish Military of Samarra (A.H. 200-275/815-889 C.E.), SUNY series in Medieval Middle East History. State University of New York Press, 2001 — 80-bet. ISBN 978-0-7914-4795-6. 
  2. 2,0 2,1 Kennedy 1993, s. 777.
  3. 3,0 3,1 Masudi. Meadows Of Gold. Routledge {{}} Taylor & Francis, October 28, 2013 — 238, 258-bet. ISBN 978-1-136-14522-3. 
  4. "El-Azhari Taef El-Azhari, Shuja, p. 100". Queens, Eunuchs and Concubines in Islamic History, 661-1257. El-Azhari Taef El-Azhari. 2019. ISBN 9781474423199. https://books.google.com/books?id=_HkxEAAAQBAJ&dq=Al-Mutawakkil+gave+his+mother%2C+Shuja+a+degree+of+financial+power+to+the+extent%2C+that+she+had+about+500%2C000+dinar+and+several+pieces+of+land+however+there+is+no+mention+in+sources+that+she+had+any+political+power.&pg=PA100. 
  5. "Shuja, Al-Mutawakkil's mother". The rules about women. Jamal Al-Din Abi Al-Faraj Abdul Rahman. 2013. ISBN 9782745183736. https://books.google.com/books?id=cT1ZDwAAQBAJ&dq=Al-Mutawakkil+Shuja&pg=PA164. 
  6. Kennedy 2006, s. 173.
  7. Kennedy 1993, s. 765.

Adabiyotlar

tahrir
Shuja al-Xorazmiy
Tavalludi: 810-yillar Vafoti: 861-yil iyun/iyul
Oldingisi Haram boshligʻining oʻrinbosari
847 — 861-yil iyun/iyul
Keyingisi