Siderofil elementlar (yun. sideros — temir va phileo — yoqtiraman) — V.M. Goldshmitning elementlar geokimyoviy tasnifidagi kimyoviy elementlar guruhi. Bularga Gʻe oilasi va jami 11 element (So, Ni, Mo, Ru, Rh, Pd, Rd, Re, Os, Ir va Pt) kiritilgan. Siderofil guruhidan tashqari xalkofil, litofil va atmofil elementlar guruxdari ham ajratilgan. Hozirgi vaqgda har bir element nafaqat maʼlum bitta, balki turli darajadagi barcha geokimyoviy xususiyatlarga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqib qayd etilgan guruhlar qatoriga biofil, gidrofil, neytral (betaraf) galogenofillari koʻshildi. U yoki bu geokimyoviy xususiyatlarni namoyon boʻlishi elementning qanday tabiiy sharoitdaligiga bogʻliqdir. Masalan, oltin deyarli barcha geokimyoviy xususiyatlarga ega boʻlib qolmay, balki tubdan farqlanuvchi — siderofildan tortib to atmofil genetik turdagi konsentratsiyalar (yigʻilmalar, birikmalar) qosil qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil