Sidi Ali Karray maqbarasi (arabcha:زاوية سيدي علي الكراي) – Sfaks madinasining mashhur maqbaralaridan biri.

Tarixi

tahrir

Sidi Ali Karray maqbarasi Sfaks medinasidagi eng qadimgi maqbarasi hisoblanadi. U bir necha bosqichda qurilgan, bu bosqichlarning eng muhimi 15-asr oxirida avliyo Sidi Ali Karray vafotidan keyin sodir boʻlgan[1].

Bu inshoot Sfaks madinasidagi birinchi diniy bino boʻlib, oʻz meʼmorchiligida ibodat va dafn inshootlarini (turba) birlashtirgan, bu xususiyat keyinchalik Sidi Belhassen Karray maqbarasi (16-asrda) va Sidi Amar Kammun maqbarasi (17-asrda) singari bir xil tuzilishda qurilgan keyingi maqbaralarning qurilishida naʼmuna boʻlgan.

1978-1982-yillarda yodgorlik barcha tarixiy xususiyatlarini yoʻqotgan.

Arxitekturasi

tahrir

Maqbara uch bosqichda qurilgan:

Birinchi bosqich

tahrir

Maqbaraning asosiy inshooti binoning janubi-sharqiy tomonidagi namozxona boʼlgan. U toʻgʻri burchakli xona boʻlib, oʻn metrga yetti metrlik hajmga ega. Pol oltita yoʻlakka boʻlingan, ulardan uchtasi qibla devoriga parallel, uchtasi esa torroq perpendikulyar tarzda ishlangan. Ushbu tartib toʻrtta markaziy ustunga asoslangan boʻlib, ulardan sharq – gʻarb oʻqi boʻylab ikki qatorda uchlik arkalar oʻrnatilgan.

Ikkinchi bosqich

tahrir

Ikkinchi bosqich sharqiy tomondan namozxonani kengaytirish va shimolga dafn xonasini qoʻshishdan iborat boʻlgan. Dafn xonasi 5,75 metrga 4,7 metr boʻlgan toʻrtburchak shakldagi xona boʻlgan.

Ushbu xonaning gumbazi oʻziga xos Sfaks qurilish texnikasining odatiy namunasidir. Unda yogʻoch asbob yordamida gipsga ishlov berib, sirtda kichik kvadrat chuqurchalarni qoldirilgan.

Uchinchi bosqich

tahrir

Fayzi Mahfudning soʻzlariga koʻra, 18-asrning oxiriga kelib, bino restavratsiya qilingan va binoning shimoli-sharqiy tomonida uy (ehtimol, Avliyo Abdallah Jammoussi) qurilishi doirasida kichik veranda qoʻshilgan. Bu verandada kirish eshigi yaqinida yopiq galereya va yuqori qavatga chiqadigan zinapoyalar mavjud boʻlib, butun maqbara tuzilishiga maishiy tuygʻu bergan.

Manbalar

tahrir
  1. Mahfoudh, Faouzi. City of Sfax: monumental archeology research and urban evolution. Paris: Université Paris-Sorbonne, 1988 — 380–385-bet.