Muhamad Bey al-Murodiy masjidi sifatida ham tanilgan Sidi Mahrez masjidi Tunisning poytaxti Tunis shahrida joylashgan masjiddir. Bu rasmiy tarixiy yodgorlik obyekti hisoblanadi.

Masjid
Sidi Mahrez masjidi
جامع سيدي محرز
Sidi Mahrez masjidi
Mamlakat  Tunis
Shahar Tunis
Koordinatalar 36°48′15″N 10°10′06″E / 36.80417°N 10.16833°E / 36.80417; 10.16833
Yoʻnalishi sunniy

Joylashuvi

tahrir

Bu masjid shaharning Madina hududida joylashgan.

Tarixi

tahrir

U 1692-yilda Tunis homiysi Sidi Mahrez sharafiga Murod Bey II ning o'g'li Muhammad Bey al-Murodiy tomonidan qurilgan.

Tuzilishi

tahrir

Masjid arxitekturasi Usmonli me'morchiligidan kuchli ta'sirlangan bo'lib, Istanbuldagi Sulton Ahmad II masjidi bilan o'xshashliklarini ko'rish mumkin, namoz zalining to'rt burchagini egallagan gumbazlar markaziy gumbazda birlashadi[1]. Makka yo'nalishidagi devorning katta qismini va markaziy gumbazni tutib turuvchi katta ustunlarni qoplash uchun Iznikdan (Turkiya) polixrom plitkalar keltirilgan[1].

Masjidning ichki qismi 1960-yillarda ta’mirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Lieux de culte Municipalité de Tunis“ (French). Government of Tunis. 2009-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-iyul.

Havolalar

tahrir

  Vikiomborda Sidi Mahrez Mosque mavzusiga oid fayllar bor