Sig’im qarshilik- o’tkazuvchan tok zanjiridagi to’la qarshilikning bir qismi.

Sig‘im qarshiligi ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri

          

Elektr zanjiriga sig‘im qarshiligi ulanganda kondensator vaqti vaqtida elektr energiyasi bilan zaryadlanib, keyin so‘nib boradi. Bu jarayon g‘altakdan o‘zgaruvchan elektr toki o‘tganda, vaqti- vaqti bilan magnit energiyasi (magnit maydonining energiyasi) bilan zaryadlanib, keyin so‘nib borishiga o‘xshaydi. Sig‘im ulangan zanjirda o‘zgaruvchan tok quvvati xuddi zanjirdagi induktiv qarshilik bilan manba orasida aylanib yurganidek, kondensator bilan manba orasida aylanib yuradi, shuning uchun uni reaktiv (sig‘imli) quvvat deyiladi.

Sig’im qarshiligi ulangan elektr zanjiri

Elektr zanjiriga ulangan sig‘imli tok kuchlanishning fazasi bilan to‘g‘ri kelmaydi va undan 90° oldinga surilgan. Sig‘imli tokni induktiv tokka o‘xshatib, odatda, reaktiv tok deb aytiladi. Sig‘imli zanjirga ulangan kuchlanishning va undan o‘tayotgan sig‘im tokning miqdorini bilgan holda Om qonuniga asosan uning zanjirdagi qarshiligini quyidagicha aniqlash mumkin:

Xi=U/I , Om

bu yerda: U – zanjir uchlaridagi kuchlanish, V; Ic – sig‘imli tok, A; xc – zanjirning qarshiligi, Om. Bu qarshilikni sig‘imli yoki reaktiv qarshilik deb ataladi. U quyidagicha ifodalanadi:

Xi= 1/ωC

bu yerda: ω – o‘zgaruvchan tokning burchak tezligi; ω = 6,28 f; f – o‘zgaruvchan tokning tebranishi, Hz; C – kondensatorning sig‘imi, F.

[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil