Sigareta chekish uchun moʻljallangan, tamaki barglarini quritib, maydalab, qogʻoz silindrga (odatda, 120 mm uzunlikda va 10 mm diametrli) solingan mahsulotdir. Tamakidan tashqari unga boshqa masalliqlar ham qoʻshiladi. Sigaretaning bir uchi olov yordamida tutatilib, boshqa (odatda filtrli) uchidan tutun soʻriladi. Uni baʼzan sigareta trubkasidan ham chekiladi. Asosiy masalligʻi tamaki boʻlmagan noanʼanaviy sigaretalar ham bor, ularga boshqa oʻtlar (masalan, nasha) solinadi.

Filtrli sigaretalar.

Sigareta, boshqa tamaki mahsulotlari kabi sogʻliq uchun zararli, baʼzan saraton, yurak, nafas olish tizimi, qon aylanish tizimi xastaliklar va tugʻma nogironlikka sabab boʻlishi mumkin.[1][2]

Sigaretani sigaradan farqlash zarur: sigara kattaroq va qalinroq, qogʻoz oʻrniga tamaki bargiga oʻralgan boʻladi.

Sotilishi tahrir

Sigaretalar pachkalarda sotiladi va odatda pachkada 20 dona sigareta boʻladi. Filtrli sigaretalar nisbatan qimmatroq narxda sotiladi.

Shuningdek tahrir

Ilovalar tahrir

  1. [1]
  2. [2]