Mastit Mastitis — sut emizuvchi hayvonlarda uchraydigan kasallik boʻlib, asosan elin toʻqimalarining yalligʻlanishi bilan xarakterlanadi[1].

Kasallikning iqtisodiy zarari

tahrir

Sut miqdorining kamayishi, sifatini buzilishi, davolash xarajatlarining koʻpayishi va baʼzan hayvonlarni erta brakka chiqarishga sabab boʻlib, chorvachilik xoʻjaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Masalan: mastit sogʻin sigirlar orasida: qoʻl bilan sogʻishda 20-25 %, mashina bilan sogʻishda 35-40 % uchraydi. Sutdan chiqqan — servis davrida 17,5 %, sogʻin yaʼni laktatsiya davrida 20-23,7 foizgacha etadi. Bunda:

1. Olinadigan umumiy sut miqdori 15-20 % pasayadi va uning yogʻlilik darajasi 0,8-1 % gacha tushib ketadi. Sutning sanitariya sifati pasayadi, yaʼni bunday sutdan tayyorlanadigan sut mahsulotlari sifatsiz boʻladi.

2. Yuqori mahsuldor hayvonlarning xoʻjalikda foydalanish muddati 6-8 yoshgacha qisqaradi. Sigirlar qisir qoladi.

3. Yosh hayvonlarda dispepsiya (ich ketishi) va yosh bolalar isteʼmol qilganda skarlatina (qizil qoʻylakcha toshmalar) kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Kasallikning kelib chiqishi va sabablari

tahrir

Kasallik sigirlarda asosan laktatsiya davrining birinchi yarmida (sut bezi zoʻr berib ishlaydigan davrda) koʻp uchraydi va elinning koʻpincha bitta choragi, baʼzan ikki va undan koʻp choragi shikastlanadi. Hayvonlar antisanitariya sharoitlarida boqilganda, yaʼni toʻshamalar iflos, namlik yuqori, juda tor molxonalarda saqlanganda, butali, xarsang toshlar hamda toʻnkalar koʻp boʻlgan notekis, oʻnqir-choʻnqir joylar — yaylovlarda oʻtlatilganda elinning lat eyishi va jarohatlanishi natijasida, bundan tashqari notoʻgʻri, chala sogʻish, elinning sovuq urishi hamda hayvonlarni sifatsiz ozuqalar bilan boqish oqibatida mastit kasalligi kelib chiqadi. Mastitlarni kelib chiqishiga biologik, mexanik, ta- biat, alementar va termik omillar sabab boʻladi. Bundan tashqari mastitlarning kelib chiqishi hayvonning yoshiga ham bogʻliq ekanligi tajribalarda aniqlangan. Masalan: 5 yoshgacha 12,1 %, 5-10 yoshgacha 63,6 %, 10 yosh va undan yuqori yoshda 24,3 % sigirlar kasallanishi kuzatilgan. Kasallikning asosiy chaqiruvchilari 26,9 % hollarda stafilokokklar, 25 % holda streptokokklar, 28,2 % ichak tayoqchasi va shuningdek, salmonella, diplokokklar, protey, korinebakteriyalar va zamburugʻlar hisoblanadi.

Mikroorganizmlar elinga asosan 3 xil yoʻl bilan:

tahrir

1. Galaktogen yoʻl — elin soʻrgʻichlari orqali mikroorganizmlar asosan iflos pol va toʻshamalar, siydik orqali tushadi.

2. Gematogen yoʻl — koʻpincha ishlab chiqarish amaliyotida kasallik tugʻruqdan keyin yuzaga keladi, yaʼni notoʻgʻri oziqlantirish, oshqozon-ichak kasalliklari (gastroenterit), yoʻldoshni ushlanib qolishi, metritlar, nitrat, nitrit, karbamid kabilar bilan zaharlanishi oqibatida.

3. Limfagen yoʻl — elin toʻqimalarining jarohatlanishi va terisida yaralar, jarohatlar paydo boʻlishi natija- sida mikroorganizmlar limfa yoʻllari orqali oʻtadi.

Mastitlar kechishiga koʻra 3 xil:

tahrir

Oʻtkir (5-7 kungacha),

Yarim oʻtkir (3 haftagacha),

Surunkali (20-25 kungacha va undan koʻproq) tarzda kechadi.

Mastit kasalligini A.P. Studensov boʻyicha tasniflanishi:

tahrir

1) zardobli mastit; 2) kataral mastit (sut sisternasi, sut yoʻllari va alveolalar katari); 3) fibrinli mastit; 4) yiringli mastit (yiringli-kataral mastit, elin abssessi va elin flegmonasi); 5) qonli mastit; 6) spesifik mastitlar (elin oqsili, aktinomikozi, elin sili); 7. Mastitning asoratlari (elin induratsiyasi, elin gangrenasi).

Tashxisi. Mastitlarni aniqlashda asosan anamnez maʼlumotlari, yaʼni kasallik sabablari xaqida surishtiruv, klinik va laborator tekshirishlar natijalariga asoslaniladi.

Fayl:Sut b pat2.JPG
Sogʻin sigirlarida sut bezi kasalliklariningumumiy koʼrinishi

Mastitlar klinik namoyon boʻlishiga koʻra, 2 shaklda kechadi:

1. Klinik mastitning klinik belgilari aniq namoyon boʻladi.

2. Subklinik, yashirin mastitning klinik belgilari namoyon boʻlmaydi.

Yashirin mastitlar qoʻyidagicha aniqlanadi:

— klinik tekshirishlar.

— elinni ayrim boʻlaklari mahsuldorligini aniqlash.

— elindan sogʻilgan sut sifatini aniqlash (biologik, fizik va kimyoviy xususiyatlariga eʼtibor beriladi).

Anamnez maʼlumotlarini toʻplashda: hayvonning ka- sallangan vaqti, saqlash sharoiti, oziqlantirish, oxirgi marta qachon tuqqanligi, sogʻish usuli va yoʻl qoʻyiladigan kamchiliklar va kasallikning qachon boshlanganligi, kuzatilgan klinik belgilar va qanday davo qilinganligi aniqlanadi. Klinik tekshirganda elin boʻlaklarining kattalashishi, qizarishi, mahalliy haroratning bor-yoʻqligi, keyinchalik sut miqdorining kamayishi, sutning tashqi koʻrinishining oʻzgarishi va boshqa belgilar aniqlanadi. Klinik tekshirishlar va sut sifat tahlilining natijalari kasallikni aniqlash imkonini bermasa, sutni laboratoriyada tekshirish bilan aniq maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin. Kasallikning klinik belgilari. Kasallikning klinik belgilari bir xil boʻlsa ham, mastitlar baʼzi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.

Zardobli mastit

tahrir

Asosan tugʻruqdan keyingi birinchi kunlarda vujudga keladi va elinning boʻlaklararo toʻqi- masiga zardobli ekssudatning sizib chiqishi, elinning ja- rohatlangan qismi kattalashib, zichlashadi, ogʻriqli boʻlib, mahalliy harorati koʻtariladi. Hayvonning sut berishi kamayadi, sut suvga oʻxshash konsistensiyada (zardobsimon) va tarkibida kazein parchalari boʻladi. Hayvonda umumiy holsizlanish, ishtahaning pasayishi va tana haroratining koʻtarilishi qayd etiladi. Mastitning bu turi odatda engil kechib, yalligʻlanishli shish paydo boʻlishi bilan cheklanadi.

Kataral mastit

tahrir

Kasallik sut bezi alveolalarining yoki sut yoʻllari va sut sisternasi shilliq pardasining yalligʻlanishi bilan kechadi. Bunda elin kattalashmaydi, ammo uning bitta, ikkita yoki uchta choragi jarohatlanadi. Yelin va

elin soʻrgʻichlari paypaslab koʻrilganda kasallikning boshlanishida hech qanday oʻzgarishlar sezilmaydi. Kasallikning 3-4 kunda elin asosida sut yoʻllarining sut ivimasi bilan xamirsimon tugunlar paydo boʻladi.

Fibrinli mastit

tahrir

Bu koʻpincha kataral mastitning asorati sifatida vujudga keladi va turli patogen mikroorganizmlarning rivojlanishi bilan kechadi. Shikastlangan elin choragi kattalashgan, paypaslanganda uning ogʻriqli va zichlashganligi maʼlum boʻladi. Shikastlangan elin choragi chuqur paypaslab koʻrilganda fibrioz choʻkindilarning toʻplanishi tufayli sut sisternasi sohasida krepitatsiya (gʻijirlash) aniqlanadi. Sutda ivima va boʻlaklar koʻrinishida sariq rangli fibrin topiladi.

Yiringli mastit

tahrir

Kasallik yiringli kataral mastit, elin abssessi va elin flegmonasi shakllarida kechadi. Yiringli-kataral mastit elinda mikroorganizmlar rivojlanishi oqibatida, zardobli va fibrinoz mastit koʻpincha kataral mastitning asorati sifatida vujudga keladi. Sogʻib olinadigan sut keskin kamayadi. Yelinning shikastlangan choragidan juda kam miqdorda sargʻimtir suvsimon ivimalar va baʼzan yiring aralash sut sogʻib olish mumkin.

Fayl:Sut b p jar.JPG
Sogʻin sigirlari sut bezlaridagi patologik jarayonlar

Qonli mastit

tahrir

Mastitning bu turida sut yoʻllari, shuningdek, biriktiruvchi va bez toʻqimasiga qon quyiladi. Sut qizil rangda, tindirilganda choʻkma va ivimalar hosil qiladi.

Davolash

tahrir

Kasallikni davolashda yalligʻlanish turlari, kasallikning kechishi va organizmning holati eʼtiborga olinadi.

Etiotrop davolash usuli. Etiotrop davolash usuli kasallikni keltirib chiqarish sababini yoʻq qilishga qaratilgan. Mastitning paydo boʻlishida patogen mikroorganizmlarning roli juda katta. Antibiotiklarni qoʻllash kasallikning oʻtkir va yarim oʻtkir tarzda kechishida oʻrtacha 3-5 kun, surunkali kechishida 7 kundan kam boʻlmasligi lozim. Antibiotiklar va boshqa antibakterial preparatlarni tanlashda mikroorganizmlarning sezuvchanligi yoki ularning davolashdagi samaradorligi eʼtiborga olinadi. Penitsillin va streptomitsin guruhlariga mansub antibiotiklarni yuqori dozalarda va birgalikda qoʻllash yaxshi samara beradi. Makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklardan tilozin, tilomag, fradizin, doksisillin va boshqalar tavsiya etiladi. Tilozin-50 3-5 kun davomida kuniga 1 marta 4-10 mg/kg dozada muskul orasiga inʼeksiya qilinadi.

Mastitlarning oldini olish

tahrir

Mastitlarni oldini olishda asosiy chora-tadbirlar quyidagilardir: hayvonlarni toʻla qiymatli va yuqori sifatli ozuqalar bilan boqish, oshqozon ichak tizimi kasalliklari, zaharlanishlar va moddalar almashinuvi buzilishlarining oldini olish; hayvonlarni asrashda zoogigienik qoidalarga rioya qilish, elinning turli kasalliklari va shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Mastitlarni oʻz vaqtida aniqlash, davolash va oldini olish tadbirlarini bajarish, klinik shaklli mastit bilan kasallangan sigirlarni alohida joyga ajratish, ularni va yangi dorilarni qoʻllash bilan kompleks tarzda davolashni tashkil etish. Yashirin mastitlarni aniqlash maqsadida har oyda bir marotaba tekshirish oʻtkazishni tashkil etish lozim.

Sogʻuvchilarni sut sogʻish apparatlarida ishlashga oʻrgatish, sogʻuvchilar ishini nazorat ostiga olish, mashinaga yaroqsiz sigirlarni qoʻlda sogʻishni tashkil etish, sogʻish idishlarini toza tutish, ularni zararsizlantirish, sigirlar sutdan chiqarilgan davrdan boshlab elin kasalliklarini oldini olish. Boʻgʻoz sigirlarga motson berib borish, ishchilar va sut sogʻuvchilarni har oyda bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini taʼminlash lozim[2].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Мусинов Я.Х., Чалабаев А.Ж... ВЕТЕРИНАРИЯ АСОСЛАРИ. САМАРҚАНД 2012 йил.. 
  2. Қ.Ж. Шакиров А.И. Амиров.. Қорамол касалликлари. “Тасвир” Нашриёт уйи– 2021..