Sigmundur Davíð Gunnlaugsson

Islandiya siyosatchisi, Islandiya Bosh vaziri (2013–2016)

Sigmundur Davíð Gunnlaugsson (islandcha talaffuzi: ˈsɪɣmʏntʏr ˈtaːvið ˈkʏnløyxsɔn; 12-mart 1975) – Islandiya davlat va siyosat arbobi. 2017-yildan Markaz partiyasi, 2009-2016-yillarda Taraqqiyot partiyasi raisi. 2009-yildan beri Althing aʼzosi. 2013-yil mayidan 2016-yil apreligacha Islandiya bosh vaziri[1][2][3].

Sigmundur Davíð Gunnlaugsson
Islandiya Bosh vaziri
Mansab davri
23-may 2013-yildan – 7-aprel 2016-yilgacha
Prezident Ólafur Ragnar Grímsson
Oʻtmishdoshi Jóhanna Sigurðardóttir
Vorisi Sigurður Ingi Jóhannsson
Islandiya ichki ishlar vaziri
Mansab davri
26-avgust 2014-yil – 4-dekabr 2014-yilgacha
Prezident Ólafur Ragnar Grímsson
Oʻtmishdoshi Hanna Birna Kristjánsdóttir
Vorisi Ólöf Nordal
Markaz partiyasi raisi
Mansab davri
24-sentyabr 2017-yildan
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Progressiv partiya raisi
Mansab davri
18-yanvar 2009-yildan – 2-oktyabr 2016-yilgacha
Oʻtmishdoshi Valgerður Sverrisdóttir
Vorisi Sigurður Ingi Jóhannsson
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-mart 1975-yil (1975-03-12) (49 yosh)
Reykyavík
Siyosiy partiyasi Progressiv Partiya

Biografiyasi

tahrir

1975 yilda Reykyavikda tugʻilgan. Uning otasi bir necha bor oʻz mamlakati parlamentiga saylangan va turli mamlakatlarda Icelandair aviakompaniyasi vakili sifatida ishlagan. 1982-1985-yillarda AQSh poytaxti Vashingtonda yashagan, otasi Jahon bankida ishlagan[4].

Maktabni tugatgach, Islandiya universitetida iqtisod boʻyicha tahsil oldi. Moskva va Kopengagenda ishlagan. Oksford universitetida oʻqishni tamomlagan. 2000-2007-yillarda davlat radiostansiyasida ishlagan.

2009 yilgi parlament saylovlarida „Taraqqiyot“ partiyasi magʻlubiyatga uchragach, ushbu partiyani boshqargan. Shimoliy Reykyavik saylov okrugidan Althing uchun saylangan[5]. 2013-yil aprel oyidagi saylovlarda Taraqqiyot partiyasi parlamentda yetakchilik qilgan edi. Mustaqillik partiyasi ham shuncha deputat oldi[6][7].

2013-yil 30-aprelda Islandiya prezidenti Olavur Ragnar Grimsson Sigmundurga hukumatni tuzish mandatini berdi[8].

2013-yil 23-mayda Islandiya parlamenti mamlakatning yangi bosh vazirini tasdiqladi. Sigmundur dunyodagi eng yosh davlat va hukumat rahbarlaridan biri, mustaqillikka erishganidan beri Islandiyaning eng yosh bosh vaziriga aylandi[9]. 2 haftadan soʻng yangi hukumat qasamyod qildi[10].

Yangi bosh vazirning birinchi qadamlari Islandiyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar jarayonini toʻxtatish edi. Uni qayta tiklash masalasi umumxalq referendumidan keyin hal etilishi kerak edi[11].

2016-yil aprel oyida Panama hujjatlari bilan bogʻliq janjal markazida boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, uning rafiqasi Britaniya Virjiniya orollarida roʻyxatdan oʻtgan ofshor kompaniyalari egasi boʻlgan. 2016-yil 4-aprel kuni kechqurun Islandiyada uning isteʼfosi uchun katta mitinglar yigʻildi. 5-aprelda Sigmundur isteʼfoga chiqdi[12][13].

Manbalar

tahrir
  1. „Sigurður Ingi kjörinn formaður Framsóknar“ (2-oktyabr]] 2016). Qaraldi: 2-oktyabr]] 2016.
  2. „Pabbi Sigmundar ósáttur: Einkavinir Jóhönnu og Steingríms kallaðir til sem sérfræðingar“. Visir (3-aprel]] 2016). Qaraldi: 5-aprel]] 2016.
  3. „Brautskráðir kandidatar frá hagfræðideild – Háskóli Íslands“ (deadlink). University of Iceland. 30-may]] 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may]] 2014. (Wayback Machine saytida 2014-05-30 sanasida arxivlangan). Andoza:Is icon
  4. Víkingur og vaskur til verka (Wayback Machine saytida 2017-10-13 sanasida arxivlangan), Morgunblaðið, 7. október 2004 bei: mbl.is
  5. sigmundur kjorinn formadur (Wayback Machine saytida 2009-05-23 sanasida arxivlangan), Artikel von 18.01.2009 bei mbl.is
  6. Wahlergebnisse der isländischen Parlamentswahl 2013. (Wayback Machine saytida 2024-01-17 sanasida arxivlangan) bei mbl.is
  7. Erdrutsch bei Parlamentswahlen[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка, Artikel vom 28.04.2013 bei icelandreview
  8. Regierungsbildung und Parlamentarier (Wayback Machine saytida 2013-10-17 sanasida arxivlangan), Artikel vom 30.04.2013 bei icelandreview
  9. „ПРЕМЬЕР-МИНИСТРЫ ИСЛАНДИИ.“. 2014-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-noyabr.
  10. Iceland Review Online: Daily News from Iceland, Current Affairs, Business, Politics, Sports, Culture[sayt ishlamaydi]
  11. „Исландия заморозила переговоры о присоединении к ЕС“. 2013-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
  12. „Премьер-министр Исландии подал в отставку после «офшорного скандала»“. 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-aprel.
  13. „Ісландський прем'єр Гюннлейгссон пішов у відставку“. bbc.com (2016-yil 5-aprel). 2016-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-aprel.