Signalizatsiya — diqqatni jalb qilish, xabar yoki buyruk, berish va ikki tomonlama gaplashishda signal uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi, qurilma va moslamalar majmui. Vazifasiga qarab, avariyaning oldini olish, chaqirish, buyruq berish, oʻt oʻchirish, qidirish, ogoxlantirish uchun moʻljallangan S.larga boʻlinadi. Signal qurilmalari. mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va radio tizimlar bilan ishga tushiriladi. Signallarni elektr orqali uzatish usuli keng tarqalgan. U avtomatik vositalar bilan bajariladi; vizual yoki akustik xillari bor. Vizual Sta lampochkali tabloning yonishi, mnemosxem ad a avariya yuz berishi mumkin boʻlgan uchastka tasvirining yoritilishi va boshqa kiradi. Avariyaning oldini olish uchun, koʻpincha, yoniboʻchadigan qurilmadan foydalaniladi. Akustik signallar sifatida sirena, qoʻngʻiroq, gudok ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil